Mahammadjonov “SHo'rtan”da o'ynaydi
18 mar 2014 17:29
Yangiliklar

Mahammadjonov “SHo'rtan”da o'ynaydi
Xabaringiz borki, bu yilgi mavsum arafasida jamoamiz tarkibiga bir qator futbolchilar jalb etildi.
Ayni paytda murabbiylar ixtiyorida teng kuchga ega bo'lgan ikkita tarkib mavjud. Mahoratli himoyachilardan biri Qahramon Mahammadjonov zaxira o'rindig'ida qolishni istamaganligi bois boshqa jamoaga o'tishga qaror qildi.
Himoyachimiz kuni-kecha G'uzorning “SHo'rtan” klubi safiga qo'shilish maqsadida Toshkentga jo'nab ketgandi. Mahammadjonov g'uzorliklar safida mavsum yakuniga qadar ijara asosida to'p suradi. Qahramon chempionat boshlanishi arafasida Samarqandning “Dinamo” klubiga o'tib ketgan tajribali himoyachi Asror Aliqulovning o'rnini egalashini ehtimoli yuqori. Bu yilgi mavsumni birinchi ligada o'tkazadigan “SHo'rtan” jamoasi bir yillik tanaffusdan keyin yana kuchlilar safiga qaytishni maqsad qilganligini qo'shimcha qilish joiz. Fursatdan foydalanib, Mahammadjonovning “SHo'rtan”dagi faoliyatiga omad yor bo'lishiga tilak bildirib qolamiz.

Fikrlar