Maguayr rahbariyatdan hafa bo'lmoqda
18 iyu 2019 23:40
Yangiliklar


Maguayr rahbariyatdan hafa bo'lmoqda
"Lester" himoyachisi Garri Maguayr jamoani tark etishni istaydi.
Ayni damda u bilan "Manchester Yunayted" shartnoma imzolashni istamoqda. Ole-Gunnar Sulsher klubi uning uchun 70 million funtdan voz kechishga tayyor turibdi. Ammo "Lester" himoyachining transferidan 75 million evro ishlab olishni istamoqda.
Qayd etilishicha, Maguayr o'zining transferi masalasi hali ham hal bo'lmagani uchun rahbariyatdan hafa bo'lmoqda. U barchasini tezlashtirishni va yangi jamoasi bilan yangi mavsum uchun tayyorlanishni istamoqda.
Garrining "Lester" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi. U o'tgan mavsum jamoasi tarkibida 32 o'yinda qatnashib, 3 gol kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar