Maguayr "Manchester Yunayted"da qoladi, biroq sardorlikdan mahrum bo'lishi mumkin
22 iyu 2022 20:29
Yangiliklar
Maguayr "Manchester Yunayted"da qoladi, biroq sardorlikdan mahrum bo'lishi mumkin
Angliyalik himoyachi Xarri Maguayr yangi mavsum "Manchester Yunayted" klubida qoladi.
Manbaning xabariga ko'ra, yangi bosh murabbiy Erik ten Xag agar klub Erik Bayli, Fil Jons yoki Aksel Tuanzebeni sotsa, markaziy himoyachini jamoada qoldirishni va ushbu poziciya uchun yana boshqa o'yinchi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Rafael Varan va Viktor Lindelyof ham Ten Xagning rejalaridan o'rin olgan.
Biroq Maguayr "Yunayted" sardorligidan mahrum qilinishi mumkin. Mankunianliklar sobiq ustozi Ralf Rangnik futbolchilar yangi mavsumda sardor bo'ladigan futbolchiga ovoz berishlari kerakligi haqida fikr bildirdi.
Maguayr o'tgan mavsumda Premer-liganing 30 ta o'yinida maydonga tushib, 1 ta gol urdi, shuningdek, 7 ta sariq va bitta qizil kartochka bilan jazolandi.
Fikrlar