Maguayr kutilmaganda Angliya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi
25 mar 2024 02:12
Yangiliklar


Maguayr kutilmaganda Angliya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi
Xarri Maguayr jarohati sabab Angliya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi.
Bu haqda Angliya futbol associaciyasi rasman xabar berdi.
Maguayr Braziliya terma jamoasi (0:1)ga qarshi o'yinning 67-daqiqasida almashtirildi. Insayder Fabricio Romanoning malumotiga ko'ra, MYU himoyachisi yaqin vaqtlarda qo'shimcha ko'rikdan o'tadi va uning tiklanishi uzoq vaqtni olmasligi kutilmoqda.
SHuningdek, terma jamoa ixtiyorini darvozabon Sem Jonston tark etdi. Belgiya terma jamoasiga qarshi 26 mart kungi o'yinga Riko Lyuis va Jeyms Trafford chaqirildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar