So’nggi yangiliklar

17:06Йўлдошев, Ресан, Эркинов, Педро, Кожо... Суперлига 20-тур рамзий терма жамоаси  0 17:02Про лига. "Олимпик" "Олимпик-MobiUz" билан ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)   0 17:00“Трастбанк” ходимлари ўртасида “Спартакиада – 2025” спорт мусобақалари ўтказилди  0 16:44Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"да йўқотишлар мавжуд  0 16:18"Футбол олами". "Пахтакор" "Андижон"ни тор-мор этди, "Нефтчи"да йирик ҳисобдаги ғалаба, "Навбаҳор"да жанговар дуранг  1 16:08Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади?  7 15:50Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади  56 15:30"Реал" "Олтин тўп"га даъвогар футболчини сотиб олиши мумкин  2 15:05Бекзод Маматқулов: "2026 йилдан барча футзал клублари алоҳида юридик ташкилотга айланади. Энди футбол клубларига оғирлиги тушмайди. Роналдиньо билан келишиб олгандик, лекин..."   2 14:36"Ливерпуль" билан ўйин олдидан "Арсенал" мухлислари учун нохуш хабар  4 14:16Ўзбекистон Кубогида қайси жамоа ғолиб чиқади? Сунъий интеллект жавоб берди  12 13:49Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди  12 13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  3 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  12

Magometov eng shimarib ishga kirishadigan ko'rinadi Yangiliklar

Magometov eng shimarib ishga kirishadigan ko'rinadi

Xabaringiz bor, ayni paytda BAAda futbol bo'yicha o'smirlar o'rtasida jahon chempionati bahslari davom etmoqda.
Bu musobaqada qatnashgan O'zbekiston o'smirlar termasi o'z ishtirokini 1/16 finalda to'xtatdi. SHu o'rinda avvalo futbolchilar va murabbiylar shtabiga rahmat deb qolamiz. CHunki ular qo'ldan kelgan hamma ishni bajarishdi. Lekin nasib qilmagan ekan, o'smirlarimiz Gonduras to'sig'idan o'ta olishmadi.

Nima bo'lgan taqdirda ham, jamoamiz o'zidan yomon taassurot qoldirmadi. Eng muhimi, bu musobaqa katta futbolga qadam qo'yayotgan yoshlar uchun o'ziga xos tramplin vazifasini bajarib bersa bo'lgani.

Fujayra shahrida o'tkazilgan guruh bahslarini ko'pchilik qatori PFL bosh direktori Farhod Magometov ham kuzatdi. Farhod Abdualievich ayniqsa futbolchilarimiz Xorvatiyani 2:1 hisobida mag'lub etishganida rosa quvondi. O'zini jamoamizning bir bo'lagi deb his qildi. Albatta, g'alaba hammamizga xursandchilik ato etdi.

Mana, bu yilgi birinchi liga bahslari ham yakuniga etdi, oliy liga tugashiga esa ikkita tur qoldi. 8 noyabr kuni navbatdagi milliy chempionatga yakun yasaladi va shu bilan jamoalar qishki tatilga yo'l olishadi.

Lekin PFL tatilga chiqmasa kerak. CHunki tashkilot bosh direktorining keyingi mavsumdan umidi katta va unga hozirdanoq tayyorgarlik ko'rmoqchi. Farhod Magometov BAAda bo'lib, o'yin bilan bog'liq barcha tashkiliy ishlarni o'z ko'zi bilan ko'rdi, hammasini zimdan o'rganib chiqdi, kerakli narsalarni yon daftarchasiga qayd qilib oldi.

Bundan ko'rinib turibdiki, u yoqda katta tajriba oshirib qaytgan Magometov o'rganganlarini keyingi yildan bizning chempionatda ham tadbiq qilmoqchi. Zero, ulardan olishimiz mumkin bo'lgan jihatlar nihoyatda bisyor. O'yinni tashkil qilish, uni ajoyib tarzda o'tkazish, jurnalistlar bilan doim muloqotda bo'lish, jamoalarga nisbatan hurmat ko'rsatish – bularning bari aslida qanaqa bo'lishini Farhod aka ko'rdi. Va endi ko'rganlarini o'zimizning oliy ligada yo'lga qo'yish uchun astoydil eng shimarib ishga kirishsa ajab emas. Negaki yurtimizda futbol rivojlanishini hammamiz, shu jumladan PFL rahbari ham xohlaydi.

Xayrulla XOLIQOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика