So’nggi yangiliklar

20:18Алексис Санчес собиқ клубига қайтди  0 20:05Суперлига. "Нефтчи" - "Динамо" 1:1 (матнли трансляция)  19 20:00Суперлига. "Насаф" — "Пахтакор" 0:0 (матнли трансляция)  15 19:21"Насаф" - "Пахтакор". Асосий таркиблар билан танишинг  7 19:00Англия Суперкубоги. "Манчестер Сити" - "Манчестер Юнайтед"  1 18:28МЮ "Бавария"нинг икки футболчисини сотиб оляпти  5 17:31"Барселона" Олимпиаданинг энг яхши футболчиси нархини 1 млрд. еврога ошириб қўймоқчи  4 16:30Гвардиол Манчестер об-ҳавоси ва "Сити"да унга отасидек бўлиб қолган инсон ҳақида гапирди  1 16:25"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Сайдуллаев Лазизбек  0 16:20Максим Шацких ва ниҳоят "Насаф"ни мағлуб эта оладими? "Насаф" - "Пахтакор" тўқнашувига превью  13 16:06Дуранг қайд этилган Тошкент дербисидан ГАЛЕРЕЯ  1 15:51Хейлунд юзидаги хуснбузарлардан қутилиш учун лазер терапия курсидан ўтди  3 15:29Нико трансфери қачон ҳал бўлади?  4 14:10Тен Хаг: "Мавсум стартида МЮ очколар йўқотиши мумкин"  6 13:44Тен Хаг Рэшфорд ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  2

Mag'lubiyatni unutib qo'yganlar yoxud eng uzun mag'lubiyatsiz seriyalar Yangiliklar

Mag'lubiyatni unutib qo'yganlar yoxud eng uzun mag'lubiyatsiz seriyalar

10 yil oldin "Arsenal"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 50-o'yinda "Manchester Yunayted" futbolchilari tomonidan to'xtatilgan edi.
Bu mavsumda Joze Mourinoning "CHelsi" klubi ham xuddi o'sha yildagi Vengerning "chaqilmas yong'og'i"ga o'xshaydi.

Bugun etiboringizga Sports.ru saytida taqdim etilgan uzoq muddat mag'lubiyatsiz seriyani amalga oshirgan 10ta jamoa haqida malumot beramiz.


10. "Nottingem Forest" - 42ta uchrashuv (26/11/1977dan 9/12/1978gacha)


Ajoyib murabbiy Brayan Klaf tomonidan boshqarilgan "Forest" Britaniyada 70 yillar oxirining buyuk jamoasi bo'lgan. Buni 42ta o'yinli mag'lubiyatsiz seriyadan bilib olishimiz mumkin. "Nottingem" bu uchrashuvlarning teng yarmida durang o'yngan, natijada Angliya birinchi divizionida va CHempionlar Kubogida g'olib bo'ladi. Bu jamoaning eng ishonchli g'alabasiz "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda bo'lgan va o'sha bahsda "Forest" 4:0 hisobida raqibni mag'lub etgan. Bu uchrashuvlarning barchasida faqatgina 16 nafar futbolchi ishtirok etgan.


9. "Dinamo Buxarest" - 47ta uchrashuv (26/5/1991dan 26/9/1992gacha)


"Dinamo"ning 47ta mag'lubiyatsiz uchrashuvidan iborat bo'lgan seriyasi 1991/92 yilgi mavsumda qayd etilgan. 21ta g'alaba va 13ta durangdan so'ng "Dinamo" nafaqat chempiona sovrinini qo'lga kiritishadi, balki o'zlarining raqibi hisoblangan "Styaua" rekordini ham yangilashga urinib ko'rishadi. Ammo dinamochilar umidlari yo'qqa chiqadi va rekord yangilanmaydi.


7-8. "Yuventus" – 49ta uchrashuv (15/5/2011dan 3/11/2012gacha)


"Yuve" "Milan"ning rekordi haqida juda ko'p o'ylagan ko'rinadi, sababi turinliklar 50-o'yinda "Inter"ga mag'lub bo'ladi. 38 uchrashuvli g'alabali 2011/12 yilgi mavsumda "Qari sinora"da 23ta g'alaba va 15ta durang bo'lgan. Turinliklar bu bilan to'xtab qolmay, keyingi mavsumda ham to'qqizta g'alaba va bir durangga erishishadi. 2012 yilning noyabr oyida "Inter" "Yuventus"ni 3:1 hisobida mag'lub etib, g'alabali seriyani to'xtatib qoladi.


7-8. "Arsenal" – 49ta uchrashuv (7/5/2003dan 24/10/2004gacha)


49ta o'yinda mag'lub bo'lmagan "Arsenal" jangchilari APLda rekord o'rnatadi va xatto keyingi mavsumda ham "to'pchilar" bu seriyani to'xtatmaslikka urinadi. Ammo "Manchester Yunayted" londonliklarga katta to'siq bo'ladi va mankunianlar ilk mag'lubiyatga sabab bo'ladi. 49ta o'yindan faqat 13tasi durang bilan yakunlanadi.


6. "Ayaks" – 52ta uchrashuv (28/8/1994dan 14/1/1996gacha)


Lui van Gal bu g'alabali seriyada "Ayaks"ning bosh murabbiyi edi. Bu jamoada Gollandiya chempionatining uch mavsumida 52ta o'yinda mag'lub bo'lmaydi.

1995 yilda "Ayaks" o'yida, Gollandiyada va CHempionlar ligasida g'olib bo'lib tarixiy muvaffaqiyatga erishadi. O'sha yilgi tarkibda Edgar Davids, Edvin van der Sar, Mark Overmars, Klarens Zeedorf va Patrik Klyuyvert kabi futbolchilar bo'lgan.


5. "Portu" – 53ta uchrashuv (22/11/1994dan 23/03/1996gacha)


Portugaliya gigantlarini o'sha yillari afsonaviy Ser Bobbi Robson (yordamchisi Joze Mourino) boshqargan va ular azaliy raqiblari hisoblangan "Benfika"ning rekordini takrorlashga uch qadam qolganda mag'lub bo'lishgan. Bu mag'lubiyatsiz seriyada ular chempionlik sovrinini qo'lga kiritishgan. Nima ham derdik, yomon emas!


4. "Benfika" – 56ta uchrashuv (24/10/1976dan 1/9/1978gacha)


Aynan "Benfika" Portugaliyaning rekordchisi hisoblanadi va bu natija 1978 yilda o'rnatilgan. "Burgutlar" o'shanda Eysebio bilan xayrlashishadi, ammo 56ta uchrashuvdan iborat mag'lubiyatsiz seriyaga muallif bo'lishadi.


3. "Milan" – 58ta uchrashuv (26/5/1991dan 21/3/1993gacha)


"Milan" mag'lubiyatsiz seriya bo'yicha Evropada uchinchi o'rinda turadi. Ular A seriyada birinchi bo'lib mag'lubiyatga uchramay sovrin qo'lga kiritadi. Qiziq, bu seriya "Parma" bilan boshlangan va shu klub bilan tugatilgan.


2. "Seltik" – 62ta uchrashuv (20/11/1915dan 21/4/1917gacha)


"Seltik"ga faqat Britaniya rekordchisi nomi emas, balki mag'lubiyatsiz seriyani amalga oshirgan Evropadagi ikkinchi jamoaga aylanadi. Bu muvaffaqiyat deyarli 100 yil oldin o'rnatilgan va deyarli 70 yil davomida birinchi o'rinda bo'lib turadi. SHotlandlar 1916/17 yilgi mavsumda deyarli mag'lub bo'lmaydi va faqat "Kilmanrok" so'nggi turda "Seltik"ning oyog'idan chaladi. Ular bu seriyada 162ta gol urib, bor-yo'g'i o'z darvozalaridan 26ta to'p o'tkazib yuborishgan.


1. "Styaua" - 104ta uchrashuv (17/8/1986dan 9/9/1989gacha)


Rasmiy o'yinlarda mag'lub bo'lmaslik bo'yicha jahon rekordi Buxarestning "Styaua" klubiga tegishli. Ularning mag'lubiyatsiz seriyasi (bu uchrashuvlarning ko'plari shubhali yakun topgan) 104ta o'yin davom etgan.

Uch yilu uch oy mag'lubiyatga uchramagan "Styaua" ichki chempionatda ko'plab sovrinlarga ega bo'ladi va asosiysi SHarqiy Evropa CHempionlar Kubogida g'olib bo'ladi. SHubhali natijalarga Ruminiya rahbariyati va siyosatchi Nikolae CHaushesku aloqasi bor. Mish-mishlarga ko'ra, aynan uning hakamlarga bosimi, futbolchilarning nohaq bir jamoadan ikkinchi jamoaga o'tishi tufayli bu fantastik natija qo'lga kiritilgan.


Jasur Aslanov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика