Mag'lubiyatdan so'ng Zidan o'yin haqida fikr bildirdi
23 dek 2017 20:22
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/295812_original.jpg)
![](/upload/storage/295812_220.jpg)
Mag'lubiyatdan so'ng Zidan o'yin haqida fikr bildirdi
"Real" bosh murabbiyi "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tgan LaLiganing 17-tur uchrashuvi (0:3) haqida fikr bildirdi.
"Bahsni yaxshi boshladik, birinchi bo'limdan teng kurash bo'ldi. Ikkinchisida yomon himoyalandik va xatolarga yo'l qo'ydik. Mayda detallar uchrashuv taqdirini hal qiladi. Mag'lub bo'ldik, ammo bu futbol.
Alamli mag'lubiyat, biroq hech narsani o'zgartirmaymiz. Oldinda tatil bor, bu bahs haqida unutib, vaqtni oila bilan o'tkazish va qaytish kerak, hali hech narsa yo'qotilgani yo'q.
Tarkib tanlashga keladigan bo'lsak, bu mening vazifam. Kovachich Messini qo'riqlash uchun maydonga tushdi, biz shunday qaror qabul qilgan edik" - deydi Zidan.
O’xshash yangiliklar
15:54
"Bavariya" boshqa murabbiylardan rad javobini olganiga qaramay, Zidan variantini ko'rib chiqmaydi 3
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar