So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  1 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  4 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  6 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

Mag'lubiyat? Nima u? Yangiliklar

Mag'lubiyat? Nima u?

Evropa milliy chempionatlarida yangi mavsumning 10ga yaqin turlari o'tib bo'ldi.

Saytimiz o'quvchilariga hozirga qadar o'z milliy chempionatida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan klublar haqida malumot berishga qaror qildik.

"BAVARIYA"
9ta o'yin 9ta g'alaba. To'plar nisbati - 29:4. Ochko - 27


Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Bavariya" raqiblarni "avariya" qilib tashlamoqda. Aren Robben va Frank Riberi kabi futbolchilar jarohatlari bois maydonga tusha olmayotgan bo'lishiga qaramay myunxenliklar dastlabki 9ta o'yinning 9tasida raqiblarni taslim qilishdi. Bu natija Bundesliga rekordi sifatida qayd etildi. Tarixda hech bir klub mavsumni bu qadar ishonchli tarzda boshlamagan ekan.

Bundan tashqari jamoa Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichidagi dastlabki ikki turda ham g'olib bo'ldi. "Olimpiakos" 3:0, "Dinamo Zagreb" esa 5:0 hisobida yakson etildi.

Ichki chempionatda Robert Levandovski va Tomas Myuller o'zaro kim ko'p gol urish bo'yicha raqobatlashishni boshlab yuborishdi. Hozirga kelib Levandovski hisobida 12ta, Myuller hisobida 9ta gol bor. 9ta o'yinda raqiblar darvozasiga 29ta to'p kiritgan jamoa o'z darvozasidan bor yo'g'i 4ta to'p olib chiqdi.

Hozirga qadar "Bayer" (3:0), "Volfsburg" (5:1) va "Borussiya D" (5:1) kabi kuchli klublarni mag'lub etgan "Bavariya" qaysi turda ilk mag'lubiyatini qabul qilib olishi mumkin? 13-turda Gvardiola jamoasi Gelzinkirxenda "shalke-04" mehmoni bo'ladi. Mana shu o'yinda "Gollivud FK" mavsumda ilk bor mag'lubiyatni tan olishi mumkin.



PSJ
10ta o'yin 8ta g'alaba, 2ta durang. To'plar nisbati - 21:5. Ochko - 26


Oxirgi 3 yilda Franciyada chempionlikni hech kimga bermay kelayotgan Parij klubi bu mavsumda ham g'oliblik uchun asosiy davogar sifatida qayd etilishmoqda. Loran Blan shogirdlari mavsumning dastlabki 10ta turida umuman mag'lub bo'lishmadi. Ko'pchilik klub Zlatan Ibragimovichga bog'liq ekanini aytadi. Lekin shveciyalik futbolchi ushbu mavsumda jarohatlar tufayli ko'p o'yinlarda maydonga tushmadi. Zlatan yo'q bo'lganida uning o'rnini Edinson Kavani bilintirmaslikka harakat qildi. Hozirga kelib Kavani va Ibra hisobida bir xil 6tadan gol bor.

Parijliklar hozirga qadar "Lill", "Monako", "Bordo" va "Marsel" kabi grandlarga o'ynab bo'lishdi. Ko'pchilik PSJning "Monako" maydonidan 3:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytishini kutmagan edi.

Klub qachon mag'lub bo'lishi mumkin? Keyingi turda Blan shogirdlari musobaqa jadvalida to'rtinchi pog'onada borayotgan "Sent-Eten"ni qabul qilishadi. Bu o'yinda sensaciya ko'rmasak 16-turdagi "Anje" - PSJ uchrashuvida ko'rishimiz mumkin. Sababi Franciya chempionati debyutanti bo'lgan kamtargina "Anje" klubi mavsum davomida faqat bir marta mag'lub bo'ldi va 21 ochko bilan PSJdan keyingi ikkinchi o'rinda bormoqda. Umuman olganda PSJ ham, "Bavariya" ham mavsumni mag'lubiyatsiz o'tkazishga qodir bo'lgan jamoa.


"REAL MADRID"
8ta o'yin 5ta g'alaba, 3ta durang. To'plar nisbati - 18:2. Ochko - 18.


Madridning "Real" klubida yozda murabbiylar shtabi o'zgardi. Karlo Anchelotti o'rniga ispaniyalik Rafael Benites keldi. Ko'pchilik Benites "Real" darajasidagi murabbiy emasligini aytishdan charchamayapti. Lekin zamonaviy futbolda natija birlamchi hisoblanadi. Benites jamoasi chiroyli o'ynamayotgandir, lekin natijaga erishmoqda. Madrid klubi "Sporting" va "Malaga"ga qarshi o'yinlarda durang qayd etib ikki ochko yo'qotdi. "Atletiko" bilan bahsda ham durang qayd etildi. Qolgan bahslarda "Qirollik klubi" g'alabaga erishdi.

Lekin jamoa Ronalduning kayfiyatiga bog'liq ekani hech kimga sir emas. Sababi jahonning eng kuchli futbolchilaridan biri, "Oltin to'p" va "Oltin butsa" sohibining o'yini chiqmasa jamoa g'alaba qozonishga ancha qiynaladi. Agar Krishtianuning o'yini chiqsa raqiblar uchrashuv tugashini sabrsizlik bilan kuta boshlashlari turgan gap. Bu mavsumda Ronaldudan tashqari Karim Benzema ham muntazam ravishda gol urib kelmoqda. Franciyalik futbolchi bir necha bor muhim gollar urib jamoasiga uch ochko taqdim etdi. Ayni paytda Benzema hisobida ham, Ronaldu hisobida ham 6tadan gol mavjud.

Madrid klubi CHempionlar ligasidagi dastlabki ikki o'yinda oson g'alabalarga erishdi. Dastlab "Santyago Bernabeu"da "SHaxtyor"ga javobsiz to'rtta to'p "sovg'a" qilingan bo'lsa, so'ngra SHveciyada "Malme"ga ikkita gol urildi.

Jamoa qachon mag'lubiyatga uchrashi mumkin? Keyingi turda "Real" Vigoda "Selta" mehmoni bo'ladi. Agar bu bahsda ham yutqazmasa 12-turdagi "El Klasiko"da bu narsa ro'y berishi mumkin. Albatta bu shunchaki taxminlar xolos.


"SELTA"
8ta o'yin 5ta g'alaba, 3ta durang. To'plar nisbati - 17:8. Ochko - 18.


Ushbu maqoladagi eng kutilmagan jamoa bu shubhasiz Vigoning "Selta" klubidir. Eduardo Berisso shogirdlari Ispaniya chempionatining startini xuddi "Real" kabi boshlashdi. Qizig'i keyingi turda bu ikki jamoa Vigoda to'qnash kelishadi.

Nolito va Yago Aspas tandemi raqib futbolchilarining tushlariga kirib chiqayotgan bo'lsa kerak. Bu ikki futbolchi jami 9ta gol urdi. Nolito sentyabr oyida chempionatning eng yaxshi futbolchisi nomiga ham sazovor bo'ldi. Ko'pchilik "Selta" uchun taqvim qulay kelgani uchun mag'lubiyatsiz seriyaga erishdi deyishi mumkin. Biroq safarda "Sevilya" va "Vilyarreal"ga qarshi, o'z maydonida "Barselona"ni qabul qilgan jamoaga taqim oson keldi deyish mantiqsizlik bo'ladi. "Selta" 5-turda "Barselona"ni o'z uyida 4:1 hisobida taslim qilishini hech kim kutmagandi.

Jamoa qachon mag'lub bo'lishi mumkin? Yuqorida aytib o'tganimizdek Berisso jamoasi 9-turda Madridning "Real" klubini qabul qiladi. Agar bu sinovdan ham muvaffaqiyatli o'tilsa bu haqiqiy sensaciya bo'ladi. Umuman olganda jamoa istalgan raqibga qarshi o'yinda imkoniyatni boy berib qo'yishi mumkin. O'tgan mavsumning dastlabki 8 turidan so'ng "Selta" hisobida 1ta mag'lubiyat bor edi, mavsum oxirida bu raqam 13taga o'zgargandi.



Narzulla Saydullaev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика