Madridda "Mbappe qonuni" qabul qilinadi
22 apr 2024 17:40
Yangiliklar
Madridda "Mbappe qonuni" qabul qilinadi
Malumotlarga ko'ra, jamoatchilik bu vaziyatni "Mbappe qonuni" deb atashni boshlab yuborgan. Holat 2005 yil "Real" safida Devid Bekxem to'p tepgan davrda bo'lganidek, xorijliklar kamroq soliq to'lashlari uchun yaratilgan engillikni yodga solmoqda. Bu qaror nafaqat franciyalik hujumchiga qo'l keladi, balki xorijlik investorlarni jalb qilishda ham muhim rol o'ynaydi.
Bu qaror 24 aprel kuni navbatdagi yig'ilishdan keyinoq qabul qilinishi mumkin. Qonunga kiritilishi kutilayotgan o'zgartirish Madrid assambleyasida ovozlarning ko'pchilik qismini olib ulgurgani aytilmoqda. Qonun PSJ hujumchisi Kilian Mbappening "Real"ga o'tganidan keyin qabul qilinsa ham, u 2024 yilda Ispaniyada ish boshlaganlarning barchasi uchun amal qiladi.
Ushbu qonunning maksimal amal qilish muddati 6 yilni tashkil qiladi. Buning uchun soliq to'lovchi shu muddat davomida boshqa shahar/mamlakatga ko'chib o'tmasligi talab qilinadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar