So’nggi yangiliklar

21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  0 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  2 21:06Париж-2024. Марокаш - Испания  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  2 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  8 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 17:22"Олимпиадада атмосфера ўзгача. Ҳар хил спортчиларни кўрасиз, улардан кўп нарсани ўрганса бўлади" — Абдурауф Бўриев  0 16:57Скамакка "Реал"га қарши Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  2 16:30"Реал" бош мураббийи Кепани қайтармоқчи  2

Madrid derbisida "Atletiko" "Real"ga to'rtta gol urdi Yangiliklar

Madrid derbisida "Atletiko" "Real"ga to'rtta gol urdi

Ispaniya chempionati 22-turidan o'rin olgan Madrid derbisining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.

Atletiko – Real Madrid 4:0
7 fevral, 20.00, Visente Kalderon
Gollar:
1:0 – 14 Tiagu,  2:0 – 18 Saul,  3:0 – 67 Grizmann,  4:0 – 89 Mandjukich.
Atletiko – Moyya, Xuanfran, Miranda, Godin, Sikeyra, Tiagu, Gabi, Koke (Saul, 10; Garsiya, 71), Turan, Grizmann (Torres, 77), Mandjukich.
Real Madrid – Kasilyas, Nacho, Karvaxal, Varan, Koentrau, Isko (Ilyarramendi, 68), Xedira (Xese, 46), Beyl, Kroos, Benzema (Ernandes, 73), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Kroos (29), Gabi (45), Turan (49), Garsiya (52), Godin (54), Mandjukich (82), Xese (85).

 
                                    MATNLI TRANSLYACIYA
                                              
YANGILASH

90+2. O'YIN TUGADI! "Atletiko" Madrid derbisida "Real" darvozasiga javobsiz 4ta gol urdi. Navbatdagi matnli translyaciyalarda g'oyibona ko'rishguncha!

90+1.
Bugungi o'yinda zarbalar soni: 17:3! Anchelotti zaxira o'rindig'ida o'tiribdi, "Karlo ota" bugungi o'yin boy berilganini ancha oldin tushunib bo'ldi

90+1. ZARBAAAAAA! Beshinchisiga harakatmi? Manjukich boshi bilan zarba berdi, noaniq!

90. Kim eslaydi "Real" oxirgi marta qachon to'rtta gol o'tkazgandi?

90.
Uchrashuvga 2 daqiqa qo'shib berildi

89. Tiago o'ng qanotdagi Torresga to'pni uzatdi, Fernando to'pni jarima maydoniga oshirdi, Manjukich osonlik bilan hech qanday qarshiliklarsiz boshi bilan darvozaga gol urdi - 4:0.

89. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! Geym set match! 4:0... to'rtu nol! Manjukich!

89.
Bugun Diego Simeonening kuni, u hozir tomoshabinlardan yanada kuchliroq qo'llab quvvatlashni so'ramoqda

88.
Yo'q bugun "Real"ning ham, Ronalduning ham kuni emas...Krishtianu hozir oddiy vaziyatda to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi

86.
"Atletiko"ning ochkolari 50taga etadi, jamoa "Barselona"ga etib oladi. "Real" peshqadam bo'lib qoladi - 54 ochko.

85. Ogohlantirish. "Real". Xese.
To'pga eta olmay Mirandani yiqitgani uchun

84.
"Real" futbolchilari shoshilishmoqda, ular gol urishga intilishmoqda, taslim bo'layotganlari yo'q...

83. So'nggi bor "Atletiko" "Real"ni 3 to'p farqi bilan 1991 yilda mag'lub etgan ekan

82.
Stadionda jonli to'lqin yuzaga keldi...ajoyib manzara

82. Ogohlantirish. "Atletiko".
Manjukich

81. ZARBAAAAAAA! Illyarramendi! Burchak to'pidan so'ng yo'llangan zarbadan so'ng Moyya to'pni qaytardi! 

75. O'zgarish. "Atletiko".
Grizmann o'rniga Fernando Torres tushdi

72. O'zgarish. "Real".
Benzema o'rniga Xaver Ernandes tushdi

70. O'zgarish. "Atletiko".
Saul o'rniga Raul Garsiya tushdi

66. O'zgarish. "Real".
Isko o'rniga Illyarramendi tushdi

65.
Rossiyalik futbol sharhlovchisi Konstantin Genich tvitterda anchadan buyon "Real"ni bunday do'pposlashmagandi deb yozdi...

64. Grizmann nihoyat o'z niyatiga etdi. O'ng qanotdan Turan to'pni Saulga oshirdi, u esa yanada qulayroqda turgan Grizmannga uzatdi, Antuan osongina darvozani ishg'ol qildi - 3:0.

64. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 3:0!

62.
Boshqa o'yinlardan xabarlar: "Bavariya" 2:0 hisobida, "Borussiya D" 3:0 hisobida zafar quchishdi

61.
Yana "Real" himoyasida xatolar...Tiago hozir boshi bilan darvozaga zarba berdi, kuchsiz zarbadan so'ng to'pni Kasilyas egallab oldi

59. Yana Grizmann! Bu safar uning zarbasi to'sin yuqorisidan o'tib ketdi!

58. ZARBAAAAAAAAA! GRIZMANNN! KASILYASSSSSS! Karvaxalning xatosidan so'ng Grizmann darvozaga zarba berdi, Iker bu safar mahorat ko'rsatdi!

57. XESE! Ajoyib harakat! Zaxiradan maydonga tushgan Xese Benzema bilan "devor" o'ynab jarima maydoniga kirib bordi, biroq zarba berishga kelganida buni amalga oshira olmadi

56.
Beyl hozir Manjukichni yiqitdi, hakam Garetni ayadi

56.
"Aston Villa" - "CHelsi" uchrashuvida hisob tenglashdi - 1:1. 56-daqiqa.

55.
"Matraschilar" jarima to'pini amalga oshirishdi, hujumda noaniq harakat kuzatildi

53. Ogohlantirish. "Atletiko". Godin.
Bosh hakam ikkinchi bo'limga nimadir ichib tushgandek...

52. Ogohlantirish. "Atletiko". Raul Garsiya.
Hakam maydon chetida mashg'ulot o'tkazayotgan zaxira futbolchisiga ham sariq berdi

50. "Real"ning ajoyib hujumi, Ronaldu tovoni bilan to'pni sherigiga oshirdi, Karvaxalning to'p uzatishidan so'ng Beyl darvozabon bilan to'qnashib ketdi

49. Ogohlantirish. "Atletiko".
Turan. U keyingi turni o'tkazib yuboradi

49.
Manjukich Nachoga nisbatan qo'pol o'ynadi, hakam esa Turanni ogohlantirdi. Sababi "butsaotar" uning qaroriga etiroz bildirdi

48. "Real"ning hujumi...Beyl to'pni jarima maydoniga uzatdi, Ronaldu Xuanfranni yiqitdi... hakam shunday deb hisobladi har holda

48.
Uchrashuvni tomosha qilish uchun 54900 tomoshabin stadionga kelgan

47.
Dastlabki bo'limda "Qirollik klubi" futbolchilari raqib darvozasi tomon bironta ham aniq zarba bermadi...

46. O'zgarish. "Real".
Xediraning o'rniga Xese maydonga tushdi

46.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.




45+2. Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha Madridning "Atletiko"si 2:0 hisobida oldinda. Tanaffus

45+1. Turan!
Raqib jarima maydoni markaziga havodan to'p uzatildi, Manjukich zarba bera olmadi

45.
Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi

45. Ogohlantirish. "Atletiko".
Gabi

44.
"Atletiko" taymni mana shu hisob bilan tugashini juda istayapti. To'pni bir birlariga oshirish bilan vaqtni o'tkazishmoqda ular

43.
Angliyada "CHelsi" safarda "Aston Villa"ni mag'lub etmoqda - 1:0. Azar gol urgan. U erda ham 43-daqiqa.

42.
Talab istaklarga ko'ra boshqa muhim o'yinlarning natijalarini ham berib boramiz. "SHtutgart" - "Bavariya" 0:2. Hozircha 55-daqiqa. Robben va Alaba gol urdi.

41.
Biroq "Atletiko" himoyachilari bir amallab to'pni istalgan tomonga qarab tepib yuborishmoqda

40.
"Real" mana endi raqibni deyarli o'z jarima maydoniga qamab qo'ydi. Haqiqiy "Real" mana shu!

39. Garet Beyl! Nima qildi u?
O'ng qanotda raqibni ajoyib tarzda aldab o'tgan uelslik futbolchi jarima maydoniga to'p oshirishda no'noqlikka yo'l qo'ydi.

38. Benzema! Ajoyib harakat bilan ikki raqibdan o'tib jarima maydoniga kirishga urindi, so'nggi lahzada uni to'xtatishdi

37.
To'pga egalik qilish foizda: 44:56.

36.
Hakamlar ikkinchi bor o'yindan tashqari holatni ko'rsatishdi. Biroq har ikkalasida ham ofsayd yo'q edi...

36.
Maydonda kuni kecha 30 yoshni qarshilagan Ronaldu o'tiribdi, hozircha uning ishlari yurishmayapti. Lekin hali o'yin tugamadi...

34. GODIN! Raqib jarima maydoni ichida to'pni darvozaga yo'lladi, to'p Xediraning qo'liga tegdi, hakam to'p qo'lni topdi deb hisobladi

33.
Ikkala klub prezidentlari birgalikda o'yinni kuzatib borishmoqda. Kimning kayfiyati qanday ekanini bilish qiyin emas.

32.
Bugun hozircha bitta sariq ko'rsatildi. Birinchi davrada "Santyago Bernabeu"dagi bahsda 11ta futbolchi ogohlantirilgandi

31. "Real" jarima to'pi ishlab oldi. Kroos to'pni jarima maydoniga uzatdi, himoyadagi sarosimadan mehmonlar foydalanib qolishlari mumkin edi, berilgan zarba himoyachilarga tegib qaytdi.

30.
Bugun "Real" markaziy himoyasida o'ynayotgan Nacho bu mavsumda 6ta, Varan esa 12ta o'yinda ishtirok etgan ekan.

29.
Germaniyalik futbolchi maydon markazida tezlik olayotgan Grizmanni yiqitdi, Toni darg'azab bo'lmoqda...

29. Ogohlantirish. "Real".
Toni Kroos.

26. "Atletiko" so'nggi bor o'z maydonidagi o'yinda "Real"ga 18 daqiqa ichida qachon ikkita to'p kiritganini bilasizmi? 1944 yilda ekan....

24. ZARBAAAAAAAAAA! GRIZMAN! O'ng qanotda burchak yonida Manjukich tovoni bilan to'pni sherigiga uzatdi! Xuanfran esa jarima maydonidagi Grizmanga oshirdi, Antuanning kuchsiz zarbasidan so'ng Iker to'pni ushlab oldi.

23.
Isko maydon markazida Gabidan to'pni qo'pollik evaziga olib qo'ydi.

22.
Simeone bosh hakam Fernandes Borbalanga etiroz bildirmoqda. U jamoasi 2:0 hisobida yutayotgan jamoa murabbiyi hisoblanadi

20.
Ijtimoiy tarmoqlarda ko'pchilik Iker Kasilyas dastlabki golda xatoga yo'l qo'ydi deb hisoblashmoqda. SHu sababli ham De Xea Ispaniya termasining asosiy darvozaboni bo'lishi kerak deyishmoqda odamlar...

19.
Serxio Ramos, Pepe va Marseloning o'rni bilinishni boshladimi deyman?

17. Sikeyra chap qanotdan raqib jarima maydoniga kirib keldi va markazda turgan sherigiga to'pni uzatdi, havodan kelayotgan to'pni zaxiradan o'yinga qo'shilgan Saul akrobatik tarzda darvozaga yo'lladi - 2:0. Qaychi uslubi deyilarmidi?

17. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SUPEER SUPERRRRRRRRRR GOL! Dahshatli gol! 2:0

16.
Qizig'i Tiago birinchi davrada ham "Qirollik klubi" darvozasiga gol urgandi...

14.
"Visente Kalderon"ga yig'ilgan muxlislar ajoyib tarzda o'z jamoasini qo'llab quvvatlamoqda, bir sektor to'la odam birgalikda sakramoqda...buni ko'rish kerak...ajoyib holat

13. Hujumlar gol bilan tugashi deyarli aniq edi, o'ng qanotdan Xuanfran jarima maydoniga uzatdi, Manjukich to'pni qabul qilib orqaroqda turgan sherigiga oshirdi, yonida hech kim bo'lmagan Tiago chamasi 14 metrlardan kuchli zarba bilan Kasilyasni ojiz qoldidi - 1:0.

12. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! TIAGOOOOOOOOOOOOOOOOooooooool! 1:0.

10.
Godin esa shifokorlardan yordam oldi va o'yinni davom ettirishga tayyor

10. O'zgarish. "Atletiko".
Koke o'rniga Saul tushdi

9. O'yinni aleziya.com orqali ko'rayotganlar bormi? Taassurotlar qanday?

8.
Maydonga Saul tushishga tayyor, Koke chiqib ketadimi yoki Godinmi?

7.
Dastlabki daqiqalarda qizil oq rangli libosda o'ynayotgan futbolchilar ko'proq hujumga o'tishmoqda. Grizmann xozir Kokega to'p oshirdi, noaniq. Koke maydonda o'tiribdi. Bundan tashqari Godinning burni singan ko'rinadi...Bu Madrid derbisi

6. Yana "Atletiko" hujumda. Bu safar Manjukich o'ng qanotda burchak to'pi ishladi. Gabi to'pni jarima maydoniga uzatdi...TURAAAAAAAAAAAAN! KASILYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAS! Ilk xavfli zarba! Turkiyalik futbolchi jarima maydoni ichida to'pni darvozaga erlatib yo'lladi, Iker o'z joyida.

4. TURAN! Raqib jarima maydoni ichida yiqilib tushdi, hakam bu vaziyatda hech qanday o'yin qoidasi buzilmaganini ko'rsatdi.

4.
Diskvalifikaciya muddatini tugatib maydonga qaytgan Ronaldu hozir chap qanotdan oldinga o'tib jarima maydoniga to'pni uzatdi, himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.

3.
Dastlabki hujumni maydon egalari amalga oshirishdi. Buni hujum deb ham bo'lmasdi aslida, Kasilyas osonlik bilan to'pni ushlab oldi.

2.
Diego Simeone ilk daqiqalardan hayajondan uyoqdan buyoqqa yuribdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

- Bahsni aleziya.com sayti orqali tomosha qilish mumkin.


- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика