Madagaskar birinchi marta Afrika kubogida o'ynaydi
18 okt 2018 08:47
Yangiliklar
Madagaskar birinchi marta Afrika kubogida o'ynaydi
Bugunga kelib qita chempionati final bosqichiga chiqqan beshta terma jamoa nomi malum bo'lgan. Mezbon Kamerun avtomatik ravishda Afrika kubogida ishtirok etadi. Senegal, Tunis, Misr va Madagaskar terma jamoalari saralash bahslari tugamay turib yo'llanmani naqd qilishdi.
Yo'llanmaga ega chiqqanlar orasida Madagaskar terma jamoasi ham bor. Ushbu yurt o'z tarixida ilk bor Afrika kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
FIFA reytingida 106-o'rinda borayotgan Madagaskar saralashning "A" guruhida Senegal, Ekvatorial Gvineya va Sudan bilan kuch sinashmoqda. Daslabki 3ta turda 7 ochko jamg'argan orolliklar 16 oktyabr kuni o'z uyida Ekvatorial Gvineyani 1:0 hisobida mag'lub etib uchun tarixiy g'alabani qo'lga kiritdi. Malumot uchun, Madagaskar Afrika qitasiga yaqin joylashgan orol mamlakat hisoblanadi.

Ushbu guruhdagi so'nggi 2 tur faqat rasmiyatchilik uchun o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, 2019 yilgi Afrika millatar kubogi 15 iyundan 13 iyulga qadar Kamerun mamlakatida bo'lib o'tadi. Unda tarixida ilk bor 24ta terma jamoa ishtirok etadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
Умид Ҳамроев учрашув қаҳрамони бўлган баҳсда "Бухоро" "Навбаҳор"ни меҳмонда мағлуб этди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Fikrlar