Lyuka Zidan "Real"dan ketadi
18 apr 2020 23:32
Yangiliklar


Lyuka Zidan "Real"dan ketadi
Madrid klubi Lyuka Zidan (Zinedin Zidanning o'g'li) bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi emas.
"Qirollik klubi" mavsum oxirida erkin agentga aylanadigan 21 yoshli darvozabon bilan shartnomani yangilamaydi. Ushbu mavsumni kichik Zidan Segundada o'tkazyapti. U ijara asosida "Rasing" jamoasi postini qo'riqlamoqda.
Marca: "Lunin kelasi mavsum "Real"ning ikkinchi darvozaboniga aylanadi"
Eslatib o'tamiz, "Real Kastilya" darvozaboni Diego Altube va "Birmingem"ga ijaraga berilgan golkiper Moamet Ayram bilan hamkorlik kelasi yozda nihoyasiga etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar