Lyuk SHouning MYUga o'tishi amalga oshmasligi mumkin
24 may 2014 08:04
Yangiliklar
Lyuk SHouning MYUga o'tishi amalga oshmasligi mumkin
"Manchester Yunayted" Patris Evra bilan shartnomani uzaytirganligi sababli "Sautgempton" futbolchisi Lyuk SHouni sotib olmasligi mumkin.
Manchesterliklar endi futbolchi uchun asosiy davogar emaslar.
SHou uchun yana bir davogar, bu - "CHelsi" hisoblanadi. Lekin londonliklar futbolchi uchun so'ralayotgan 30 million funtni to'lamoqchi emaslar. Ushbu narxni yanada pasaytirmoqchilar. Bundan tashqari "CHelsi" futbolchiga haftasiga 60 ming funt maosh taklif qilmoqda.
Manchesterliklar esa futbolchiga haftasiga 100 ming funt maosh to'lashga tayyor edilar.
Fikrlar