Lyuk SHou: "Natijadan mamnun emasmiz"
02 fev 2020 11:11
Yangiliklar
Lyuk SHou: "Natijadan mamnun emasmiz"
"Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk SHou APL doirasida "Vulverxempton"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Juda og'ir o'yin. "Vulvz"ga qarshi o'yinda shunday og'ir o'tishini va raqiblar juda yaxshi himoyalanishini bilardik. Ularning tarkibi ajoyib. Bunday himoyaviy o'yin ko'rsatadigan jamoaga qarshi o'ynash juda qiyin. "CHelsi" ham ochko yo'qotgandi. Buni bilardik. SHu boisdan yo'qotilgan 2 ochkodan mamnun emasmiz. Bu juda yoqimsiz.
So'nggi paytlarda bunday raqiblar ko'p bo'lmoqda. Raqiblar juda yopiq o'ynamoqda. Uch ochkoni qo'lga kirita olmayotganimiz sababi shu bo'lmoqda.
Bunga qadar ham Traorega qarshi o'ynaganman. Biroq bugungi Traorega qarshi o'ynash ancha oson bo'ldi", - dedi SHou.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar