Lyuk SHou: “Men jangchiman va tez orada qaytaman!”
09 sen 2018 08:08
Yangiliklar
Lyuk SHou: “Men jangchiman va tez orada qaytaman!”
Angliya terma jamoasi himoyachisi Lyuk SHou kecha oqshom Ispaniyaga qarshi kechgan uchrashuvda jiddiy jarohat olgan edi.
SHou Dani Karvaxal bilan to'qnashuvda boshini shikastlab olgandi. SHifokorlar 23 yoshli Lyukni maydondan zambilda olib chiqib ketishgan edi.
“Qo'llab-quvvatlaganlarga katta rahmat! Ayni paytda o'zimni yaxshi xis qilyapman. Men jangchiman va tez orada safga qaytaman!”, - deya o'zining Twitter sahifasida xabar qoldirgan SHou.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar