Lyuk SHou Evropa chempionati pley-offida qovurg'asidagi jarohat bilan o'ynagani malum bo'ldi
20 iyu 2021 22:05
Yangiliklar
Lyuk SHou Evropa chempionati pley-offida qovurg'asidagi jarohat bilan o'ynagani malum bo'ldi
Xabarga ko'ra, Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" futbolchisi Lyuk SHou Evro-2020 pley-offida siniq qovurg'a bilan o'ynagan.
Manbaning xabar qilishicha, himoyachi Germaniya terma jamosiga qarshi o'yinda (2:0) jarohat olgan.
Angliyalik siniq qovurg'si bilan 3 o'yinda qatnashgan: 1/4 finalda Ukraina bilan, 1/2 finalda Daniya bilan va finalda Italiya bilan.
Etiborlisi, u Ukrainaga qarshi bahsda 2 ta golli uzatmani amalga oshirgandi, finalda esa gol urgan edi.
SHou Evro-2020'da umumiy 6 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar