Lyuk de Yong "Barsa" haqida: "Dunyoning eng buyuk klubida o'ynash aqlbovar qilmasdir. Kuman - juda yaxshi murabbiy"
04 sen 2021 11:25
Yangiliklar
Lyuk de Yong "Barsa" haqida: "Dunyoning eng buyuk klubida o'ynash aqlbovar qilmasdir. Kuman - juda yaxshi murabbiy"
"Barselona" yangi o'yinchisi Lyuk de Yong "Sevilya"dan Kataloniya klubiga ijara asosida o'tgani haqida gapirdi.
"Bu men uchun muhim, ajoyib imkoniyat. Dunyoning eng buyuk klubida o'ynash - aqlbovar qilmas ish. Jamoa va muxlislarni hursand qilishga, oson bo'lmasa ham "Barsa"da o'z sifatimni ko'rsatishga umid qilaman.
Menda Kuman bilan Niderlandiya terma jamoasida doimo yaxshi munosabatlar bo'lgan va biz taktika va boshqa futbol narsalari haqida ko'p gaplashganmiz. Men uchun Kuman - juda yaxshi murabbiy, u menga va sifatlarimga ishonadi. "Barsa"ga yo'l olish - u bilan yana ishlash - o'zgacha voqelik.
U menga yangi turdagi hujumchi kerakligini aytdi. U sifatlarimni biladi", - deydi de Yong.
Fikrlar