Lyuis Husanov haqida: "Unda og'ir start bo'lgandi va bugun gol urganidan xursandman"
08 fev 2025 21:25
Yangiliklar
Lyuis Husanov haqida: "Unda og'ir start bo'lgandi va bugun gol urganidan xursandman"
"Manchester Siti" o'yinchisi Riko Lyuis "Leyton Orient" (2:1)ga qarshi Angliya kubogi o'yinida jamoadoshi Abduqodir Husanovning gol urgani haqida gapirdi.
Angliyalik o'yinchi bahsda jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi va Abduqodir Husanov to'pning yo'nalishini o'zgartirgan holda gol muallifiga aylandi.
"Gol Husanovga yozilganidan va bu adolatli bo'lganidan xursandman. Abduqodir uchun mamnunman. U kelganidanoq og'ir start o'tkazgandi. Bugun ko'rganingizdek, u maydonga tushdi va haqiqatdan ham yaxshi o'ynadi. U o'yinni va uzun paslarni yaxshi nazorat qildi.
Agar har doim shunaqa bo'lsa, assist berib turishga tayyorman. Ha, u uchun shunchaki xursandman", — dedi Lyuis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar