So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  0 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

Lyubinko Drulovich U-23 OCH, futbolchi va murabbiylikdagi yutuqlari hamda O'zbekiston U-23 bilan muvaffaqqiyatga erishmoqchiligi haqida Yangiliklar

Lyubinko Drulovich U-23 OCH, futbolchi va murabbiylikdagi yutuqlari hamda O'zbekiston U-23 bilan muvaffaqqiyatga erishmoqchiligi haqida

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich Xitoy bilan bo'ladigan o'yin oldidan Osiyo futbol konfederaciyasi rasmiy sayti uchun intervyu berdi.

Suhbat davomida yaqin o'tmishning mashxur futbolchisi sanaladigan serbiyalik mutaxassis Osiyo va Evropa futbolida faoliyat olib borishning o'ziga xos jihatlari, U-23 Osiyo chempionatida g'alaba qozonish uning uchun o'zgacha ahamiyat kasb etishi, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi azolarining yaxshi saviyadagi futbolchilarga aylanishiga ishonishi, o'z vaqtida “Portu” hamda “Benfika” jamoalari safida to'p surib, qator sovrinlar qo'lga kiritgani, shuningdek, Serbiya yoshlar terma jamoasi bilan Evropa chempioni bo'lgani, endilikda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan ham qita chempionatini yutish niyatida ekani haqida batafsil to'xtalib o'tdi:

– U-23 Osiyo chempionatiga tashrif buyurgan har bir jamoa imkon qadar yaxshi natija qayd etishga urinadi. SHu boisdan har bir o'yinda raqib tomonidan kuchli qarshilikka duch kelinishi tabiiy.

– Eron bilan o'yin ancha murakkab kechdi. Har qanday yirik musobaqada ilk o'yin oson o'tmaydi, odatda. Biz g'alaba qozonish niyatida edik, lekin yakunda durang qayd etildi. Endi Xitoy bilan o'yinga jiddiy hozirlik olib boryapmiz. Raqib – yaxshi saviyadagi jamoa. Ular bilan o'yin ham oson o'tmasligi tabiiy. Lekin men shogirdlarimga ishonaman.

– Futbolchi sifatida ham, murabbiy sifatida ham sovrin yutish, Jahon chempionati yoki Olimpiada kabi yirik musobaqalarda qatnashish juda yoqimli. Men o'yinchi sifatida ko'p bora Portugaliya chempionligini qo'lga kiritganman, Evrokuboklarda, Evropa va Jahon chempionatlarida ishtirok etganman. Serbiya yoshlar terma jamoasi ustozi sifatida Evropa chempionatida g'olib chiqish nasib etgan. Endilikda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan katta muvaffaqqiyatlarga erishishni istayman. Ayni paytdagi asosiy maqsadimiz – Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish.

SHu va shu kabi savollarga berilgan batafsil javoblarni biroz keyinroq OFK veb-saytida tomosha qilish imkoniga ega bo'lasiz.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика