So’nggi yangiliklar

17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  0 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  2 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  11 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  6 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  4 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  7 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3

Lyubinko Drulovich Tojikiston bilan o'yindan keyin: "Jamoam fantastik o'ynadi" Yangiliklar

Lyubinko Drulovich Tojikiston bilan o'yindan keyin: "Jamoam fantastik o'ynadi"

O'zbekiston U-23 - Tojikiston U-23 Osiyo chempionati saralashidan keyin Lyubinko Drulovich matbuot anjumanida qatnashdi.

"Bugun juda yaxshi o'ynadik deb o'ylayman. Yani 90-95 daqiqa davomida biz o'yinni to'liq nazorat qildik. Agar bugun bir jamoa g'alaba qozonishi kerak bo'lsa o'sha jamoa biz edik. Uchrashuvda 2-3ta vaziyatlar bo'ldi, ammo undan foydalana olmadik. Muhim o'yinda yaxshi o'ynab, keyingi bosqichga chiqdik. Bugungi uchrashuv uchun futbolchilardan minnatdorman", - deydi Lyubinko Drulovich.

- Jamoa dekabr oyidan buyon ushbu saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rdi. Ammo ikki o'yinda ham yorqin o'yin ko'rmadik.
- Men kelganimga ikki oy bo'ldi. Balki Hindiston va Tojikiston bilan o'yinlar o'xshamagandir. Ammo birinchi o'yinda 3ta gol urdik. Bugun ham hisob ochilmagan bo'lsa ham jamoam fantastik o'ynadi deb ayta olaman. CHunki natija juda ham muhim edi. Bu jamoaning o'yinidan to'la qoniqdim.

- Osiyo chempionatiga qadar tarkibda o'zgarishlar bo'ladimi yoki mana shu yigitlar asos bo'lib xizmat qiladimi?

- Qita chempionatigacha hali vaqt bor. Biz yana ham yaxshi o'ynab Osiyo chempionatida munosib ishtirok etishga harakat qilamiz. Asosiy maqsadimiz Olimpiada o'yinlariga chiqish. Sizlarga yoqadigan o'yin va ko'plab gollar urishga harakat qilamiz. Bobir Abdixoliqov jarohati sababli saralashda to'liq kuch bilan o'ynay olmadi.

- Futbolchi o'zining klubida o'ynab tajriba to'plagani maqulmi yoki terma jamoa yig'inlarida yurganimi?

- O'yinchi klubda qancha ko'p o'ynasa bu terma jamoaga ham foyda bo'ladi.



- OTJ yig'inlari Superliga o'yinlari paytida bo'ladimi yoki faqat FIFA kunlaridami?

- Bungacha ikki oy davomida terma jamoa birga bo'ldi. Endi futbolchilar klublari safida o'ynashlari kerak. Yig'inlar faqat FIFA kunlari paytida bo'ladi.

- Biz Olimpiadaga chiqmoqchi bo'lsak Koreya, Yaponiya, Avstraliya kabi jamoalarni mag'lub etishimiz kerak bo'ladi...

- Albatta Evropa va Osiyoning grand jamoalari bilan o'ynashga harakat qilamiz. SHu orqali kuchli jamoalarga tayyorgarlik ko'ramiz.

- Terma jamoaning markaziy yarim himoyasi kuchsizdek ko'rinmoqda. Asosan qanotlardan hujum qilayapmiz...
- Bugun yarim himoyachilarimiz u qadar yomon o'ynashmadi. Abdullaev, Rustamov, O'runov kabi futbolchilar bor. Abror Ismoilov esa jarohat olgani bois o'ynamadi. To'g'ri o'yin paytida to'p yo'qotishlar bo'ladi, ammo uchrashuv bizning ustunligimiz ostida o'tdi.

Reyting: -120   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика