So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  5 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  7 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  110 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  849 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Lyubinko Drulovich: "Maqsadimiz o'yinlarda ko'proq gol urish va guruhda birinchi o'rinni olish" Yangiliklar

Lyubinko Drulovich: "Maqsadimiz o'yinlarda ko'proq gol urish va guruhda birinchi o'rinni olish"

22-26 mart kunlari poytaxtimiz Toshkent shahrida U-23 Osiyo chempionati saralash bahslari bo'lib o'tishi haqida xabaringiz bor.

Mazkur saralash o'yinlarida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Hindiston va Tojikiston terma jamoalari bilan kuch sinashadi. 

Bugun, 21 mart kuni uchala terma jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda murabbiylar Derrik Pereyra (Hindiston), Lyubinko Drulovich (O'zbekiston) va Usmon Toshev (Tojikiston) ishtirok etishdi.



Derrik Pereyra: "Toshkentga qisqa tayyorgarlik jarayonini o'tagan holda tashrif buyurdik. Ichki chempionatimiz davom etayotgani bois ko'p vaqt tayyorgarlik ko'ra olmadik. Terma jamoamiz safida ko'plab yosh futbolchilar bor. Bu erga kelishdan oldin Qatarda yig'in o'tkazdik va Qatar o'smirlari bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdik. Rasmiy o'yinlarda natijamiz qanday bo'ladi buni bo'lajak bahslar ko'rsatib beradi".

Lyubinko Drulovich: "Bizni juda ham muhim musobaqa kutib turibdi. Qolaversa o'yinlar o'z maydonimizda o'tadi. SHu bois ham saralash bahslarini muvaffaqiyatli tarzda o'tkazishga harakat qilamiz. Raqiblarni hurmat qilamiz, biroq guruhda birinchi o'rinni olib Osiyo chempionatiga chiqishni istaymiz. Saralash bosqichidan oldin Ispaniyada yig'in o'tkazdik. Ishonamanki, bo'lajak o'yinlar biz uchun yaxshi o'tadi".

Usmon Toshev: "Avvalo barchani Navro'z bayrami bilan tabriklayman. Bu o'yinlarni kutgandik. Reja bo'yicha tayyorlandik. Tarkibimiz yaxshi futbolchilardan iborat. O'zbekistonda futbolni yaxshi ko'rishadi, shu bois biz chiroyli o'yinlar ko'rsatishga urinamiz. Barcha hamkasblarimga chiroyli o'yinlar tilab qolaman".



- Toshkentga 2000 va 2001 yilda tug'ilgan futbolchilarni ham olib keldingiz.
Derrik Pereyra: - To'g'ri aytdingiz. Bu 1997 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi musobaqa hisoblanadi. Biz bir qator undan ancha yosh bo'lgan yigitlarni Toshkentga olib keldik. Jamoaviy o'yinni tuzish uchun aynan shu yosh futbolchilarni tanladim. Bundan tashqari ular o'z mamlakatimizda bo'lgan U-17 Jahon chempionatida ham ishtirok etishgan. Yana bir sababi ko'plab futbolchilarimiz jarohat olishgan.

- Raqiblar haqida qanday fikrdasiz? Guruhda favorit kim?
Derrik Pereyra:
- Biz guruhdagi raqiblarni o'rganib chiqdik. O'zbekiston Osiyoda o'z o'rniga ega bo'lgan jamoalardan biri. Ular bu yoshda amaldagi Osiyo chempioni hisoblanishadi. Bundan tashqari Tojikiston ham ancha kuchli jamoa. Usmon Toshev mening yaqin do'stim. Uning jamoalari doim yaxshi o'yin ko'rsatishgan. Saralash bahslari biz uchun oson o'tmasligi aniq. Ammo bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

Lyubinko Drulovich: - Ikki terma jamoa haqida ham iliq fikr bildira olaman. Ammo biz hozir faqat Hindiston terma jamoasiga qarshi o'yin haqida o'ylayapman. Imkon qadar ko'proq gol urib, g'alaba qozonsak keyin Tojikiston bilan bahs haqida bosh qotiramiz.

Usmon Toshev: - O'zbekiston ham, Hindiston ham yaxshi jamoalar. Ertaga ikki raqibimiz maydonga tushishadi. SHu bois raqiblar o'yinini ertaga o'rganib olamiz (kuladi). Ularga omad tilayman.



- Video tahlil yordamida raqib taktikasini o'rganib olsa bo'ladimi? Har holda futbolchilar maydonda turlicha harakat qilishadiku.
Derrik Pereyra:
- Har qanday musobaqaga tayyorgarlik ko'rish jarayonida har jihatdan foydali bo'ladi. Raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilib olish mumkin bo'ladi.

Lyubinko Drulovich: - Biz ham tayyorgarlik vaqtida raqiblar haqida etarlicha malumot to'pladik. Ammo asosiysi o'zimizning o'yinimiz haqida ko'proq o'ylayapmiz.

Usmon Toshev: - Albatta video tahlillar murabbiylarga doim yordam beradi.



- Pokiston terma jamoasining bu saralash bahslarida ishtirok etmasligi rejalaringizga qanday tasir qildi?
Derrik Pereyra:
- Ular kelishganida bitta ko'proq o'yin o'tkazardik. Bundan tashqari keyingi bosqichga chiqishda ham boshqacharoq kurash kechardi.

Lyubinko Drulovich: - Bu jamoa kelganida futbol uchun yaxshi bo'lardi. Muxlislar ko'proq o'yin tomosha qilgan bo'lishardi.

Usmon Toshev: - Agar Pokiston kelganida yaxshi bo'lardi. Sababi o'yinlar soni yana bittaga ko'p bo'lardi. Bizga qancha ko'p o'yin bo'lsa shuncha yaxshi.

- O'zbekiston saralash bahslarini amaldagi chempion sifatida ishtirok etadi. Bu sizga bosim bo'lmaydimi?
Lyubinko Drulovich:
- Bosim har qanday musobaqadan oldin bo'ladi. Lekin bizni bu jihat o'ylantirayotgani yo'q. Musobaqa davomida imkon qadar ko'proq muxlislar stadionga kelib bizni qo'llab turishlarini so'rab qolardim.




- Sizning jamoangiz 3 mart kuni Goada to'planib, keyin Qatarda yig'in o'tkazdi. Kecha tunda Toshkentga uchib keldinglar. Oldingizda 4 kun ichida ikkita o'yin bor. SHogirdlaringiz bunga tayyormi?
Derrik Pereyra:
- To'g'ri biz saralash bahslariga qisqa vaqt davomida tayyorlandik. Bu erga kelishdan oldin bitta o'rtoqlik o'yini o'tkazdik va bitta yig'in tashkil etdik. Ammo yigitlarni pozitiv ruhda tayyorlashga harakat qildik. Biz aslida ikki kun oldin Toshkentga kelishni rejalashtirgandik. Biroq malum sabablarga ko'ra bunday bo'lmadi.

- Tarkibda muammolar yo'qmi?
Lyubinko Drulovich:
- Bizda ikki futbolchi bilan muammo bor edi. Bobir Abdixoliqov va Abror Ismoilovda kichik jarohat bor edi. Ammo barcha futbolchilar saralash bahslariga tayyor. Ertangi bahsdan oldin bitta mashg'ulot o'tkazamiz, shunda yakuniy tarkibni aniqlab olamiz.

- Biz Osiyo chempionati saralashida ishtirok etamiz. Lekin tayyorgarlik jarayonida faqat Evropa jamoalari bilan o'ynadik. Osiyo jamoalari bilan o'ynasa bo'lmasmidi?
Lyubinko Drulovich:
- Futbol barcha joyda ham bir xil o'ynaladi. To'g'ri biz Evropa klublariga qarshi o'ynadik. So'ngra O'zbekiston klublari bilan ham o'ynadik. Mana shu o'yinlarda shogirdlarimning harakatlaridan ko'nglim to'ldi.



- Superliga reglamentida 1997 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchi tushishi shart qilib belgilab qo'yildi. Futbol barcha joyda bir xil deb aytdingiz, ammo boshqa ligalarda bunday narsalar yo'q. Bundan tashqari futbolchilarni 100 kunlab olib ketib qolishlar tufayli Superliga klublari norozilik bildirishdi.
Lyubinko Drulovich: - Bunda yomon narsa ko'rmayapman. Sababi Superliga har bir klubi safida 22, 21 yoki 20 yoshli futbolchi maydonga tushsa ular uchun o'yin amaliyoti bo'ladi. Bu menga ham yaxshi, terma jamoa nomzod futbolchilarni o'yinlar orqali kuzatib boraman. Buning yomon tomoni yo'q bo'lsa kerak.


Narzulla Saydullaev


Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика