So’nggi yangiliklar

00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  11 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  9

Lyubinko Drulovich: "Janubiy Koreya bilan o'yinlar biz uchun foydali bo'ldi" Yangiliklar

Lyubinko Drulovich: "Janubiy Koreya bilan o'yinlar biz uchun foydali bo'ldi"

Janubiy Koreyada yig'in tashkil etgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun koreyalik tengqurlariga qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.

Qiziqarli ko'rinish olgan bellashuv yakunida vakillarimiz 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

O'yindan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz ustozi Lyubinko Drulovich quyidagicha fikr bildirib o'tdi:


- Biz bir hafta davomida Koreyada yig'in o'tkazdik va ushbu yurt olimpiya terma jamoasi bilan 2 ta o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdik. Har ikki o'yin ham biz uchun juda ham foydali bo'ldi, deb o'ylayman. Zero Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi qitadagi etakchilardan biri sanaladi. Bunday raqib bilan o'yinda bizda qaysi chiziqlarda kamchilik bor ekanini ko'rib olish mumkin.

Bevosita bugungi o'yin haqida to'xtaladigan bo'lsam, birinchi bo'limni biroz bo'sh o'tkazdik. Kam qulay vaziyatlar yuzaga keldi va qolaversa, ko'plab vaziyatlarda kutilmagan xatolarga yo'l qo'yildi. Lekin ikkinchi bo'limni ancha ishonchli tarzda o'tkaza oldik. To'p nazoratini qo'lga olib, raqibni bosim ostida ushlashga intildik. Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishda ham faol harakat qildik. Yakunda esa o'yinni foydamizga hal etishning uddasidan chiqdik.

Hali oldinda Osiyo chempionatiga qadar 3 oy vaqt mavjud. Kelasi oylarda ham yig'in hamda o'rtoqlik o'yinlari o'tkazamiz. Qita birinchiligiga yuqori darajada tayyorgarlik olib borishga urinamiz, - deya o'z fikrlarini bildirdi tajribali mutaxassis.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика