Lyubinko Drulovich ishtirokida Osiyo chempionati yakunlari bo'yicha matbuot anjumani o'tkaziladi
29 jan 2020 15:58
Yangiliklar


Lyubinko Drulovich ishtirokida Osiyo chempionati yakunlari bo'yicha matbuot anjumani o'tkaziladi
Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar qildi.
"Bilasiz, yanvar oyida Tailand yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.
Unda Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ishtirok etdi va yakunda 4-o'rinni egalladi.
Qita chempionati yakunlariga bag'ishlab ertaga, 30 yanvar kuni soat 11:00da O'FA anjumanlar zalida Lyubinko Drulovich ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Anjumanga barcha turdagi OAV vakillarini taklif etamiz. Matbuot anjumani davomida jurnalistlar olimpiya terma jamoasi ustoziga musobaqa yakunlari bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish imkoniga ega bo'lishadi", - deyiladi O'FA bergan xabarda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar