So’nggi yangiliklar

17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  0 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  3 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0

Lyovning qoidalari: Germaniya futbolchilariga spirtli ichimliklarga taqiq yo'q! Yangiliklar

Lyovning qoidalari: Germaniya futbolchilariga spirtli ichimliklarga taqiq yo'q!

Germaniya terma jamoasi ayni paytda Italiyada JCHga tayyorgarlik bosqichining yakuniy qismini o'tkazmoqda.

Italiyaning Janubiy Tirol hududidagi Appyano shaharchasida mundialga taraddud ko'rayotgan Germaniya terma jamoasi JCH-2010 va JCH-2014da aynan shu erda tayyorgarlik ko'rgandi. Lyov shogirdlari 2014 yilgi mundialga Tirolda, faqat Appyano emas, balki Passariyada shug'ullanishgan.

"Jamoadagi barcha bizning qoidalarni yaxshi biladi. Biz bir jamoa sifatida birlashib, yakdil kuchga aylanmog'imiz lozim. SHundagina biz ko'zlagan maqsadga erishishimiz mumkin. Jamoadan ajralib hech kim individual tarzda JCHni yutolmaydi", - dedi Lyov.

Yoaxim Lyov JCHda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun quyidagi qoidalarga futbolchilar rioya etishlarini talab qiladi.

1-qoida: Hurmat
Terma jamoalardagi birinchi galdagi qoida - o'zaro hurmat. Esingizdami, Sandro Vagner terma jamoaning yakuniy ro'yxatiga kiritilmaganidan so'ng quyidagilarni aytib o'tgandi: "Meni haqgo'yligim murabbiylar shtabiga yoqmagan. CHunki men doimo nimani o'ylasam shuni gapiraman". Lyov esa Sandroning bu gaplarini jamoadoshlariga nisbatan hurmatsizlik deya baholadi. "Sandro bu gapi orqali jamoadoshlarini mustaqil fikri yo'qlikda aybladi. Aslida esa bizdagi barcha futbolchilarning o'z fikrini bildirishga haqli", dedi Lyov.
Lyovning qoidasiga ko'ra, Har bir futbolchi jamoadagi o'zini rolini bilishi va bu ishni sidqidildan bajarishi lozim. Futbolchilar terma jamoaga kelishdan avval "meni"ni yo'q qilishi shart! O'zaro hurmat Lyov uchun har qanday iqtidor va istedoddan yuqori turadi.

2-qoida: Ijtimoiy tarmoqlar
Ilkay Gyundogan va Mesut O'zilning instagramda joylagan suratlaridan keyin Lyov terma jamoa futbolchilari ijtimoiy tarmoqlarda rasm joylashda ehtiyot bo'lish kerakligini takidladi. Lyov futbolchilarga ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Twitter, Instagram, Snapchat) siyosiy, jamoaning kyinish xonasi va qarorgohidan rasm qo'yish taqiqladi. Ko'pchilik futbolchilar ayni paytda asosan mashg'ulotlar jarayonidan surat qo'yishmoqda.


3-qoida: Oila, qarindoshlar, rafiqa va sevgan qizlari
Germaniya terma jamoasi futbolchilariga JCHga tayyorgarlik paytida oila azolari, qarindoshlari, rafiqalari va sevgan qizlari bilan uchrashishga ruxsat etiladi. Futbolchilar bilan ko'rishishni istaydigan oila azolari, qarindoshlar, rafiqa yoki sevgan qizlari bemalol Germaniya istiqomat qilayotgan mehmonxonaga kelishlari mumkin. Bu muhitni yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Lekin ayni paytda futbolchilarning oila azolari yoki rafiqalari (sevgan qizlari) ular bilan birgalikda Rossiyaga yo'l olishi so'roq ostida.



4-qoida: Terma jamoa sirlari va qo'rsichqonlar
JCH paytida hech kim terma jamoaning ichki doiradagi sirlarini ko'chaga olib chiqish qatiyan man etiladi. Agarda ushbu qoidani buzgan futbolchi aniqlansa, unda o'sha o'yinchi terma jamoadan haydaladi. Evro-2012 paytida shunga o'xshash holat, yani jamoaning taktik sxemalari bo'yicha malumot tashqariga chiqib ketgan. Lyovning o'shanda g'azabi juda qo'zigan. Lekin jamoadagi ko'rsichqon topilmagan.


5-qoida: Agentlar terma jamoa lageridan uzoqroq turishi kerak
Yoaxim Lyovning ruxsatisiz hech bir futbolchining agenti o'z mijozi bilan ko'risha olmaydi. Agentlar terma jamoa lageriga tashrif buyurishiga ruxsat yo'q. Oliver Birxoff futbolchilarning agentlariga JCH paytida o'z mijozlarini bezovta qilmaslikni buyurgan. Lyov futbolchilar turnir paytida faqat va faqat terma jamoa haqida qayg'urishlarini istaydi.

6-qoida: Tartib, aniqlik (punktualnost)
Yoaxim Lyov futbolchilar nonushta, tushlik va kechki ovqatga o'z vaqtida tushishlarini shaxsan o'zi nazorat qiladi. Aynan shu jihat jamoadagi intizomni belgilab beradi.


7-qoida: Spirtli ichimliklar
Yoaxim Lyov futbolchilarga spirtli ichimliklarni istemol qilishga ruxsat beradi. Faqat meyorida. Uyqudan oldin yoki o'yindan keyin bir bokal pivo yoki vino ichishga ruxsat etiladi. Spirtli ichimliklarga Lyov taqiq qo'ymagan. Bu murabbiy o'z futbolchilariga ishonishidan dalolat. SHuningdek, Lyov sigaret chakishga ham ruxsat beradi. Lekin ayni paytda Germaniya terma jamoasi futbolchilari ichida chakadigan o'yinchilar yo'q.

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика