Lyov: "Podolskini Germaniya terma jamoasi qo'llashi lozim"
20 mar 2015 15:18
Yangiliklar


Lyov: "Podolskini Germaniya terma jamoasi qo'llashi lozim"
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiy Yoaxim Lyov "Inter" hujumchisi Lukash Podolskini Avstraliya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuviga chaqirdi.
O'yin 25 mart kuni Germaniyada bo'lib o'tadi.
"Milliy terma jamoa doimo Podolskini qo'llab kelgan. O'ylashimcha, u ayni damda bizning yordamimizga muhtoj. Lukash milliy terma jamoada o'ziga kelib oladi. Biz unga doimo ishonamiz" - deydi Lyov.
Eslatib o'tamiz, oldinroq ijara asosida "Inter"da to'p tepayotgan "Arsenal" futbolchisi Angliyaga qaytishni istayotganini malum qildi.

Fikrlar