Lyov: "Podolski Germaniya terma jamoasi bilan shunday xayrlashishga munosib"
18 mar 2017 15:18
Yangiliklar
Lyov: "Podolski Germaniya terma jamoasi bilan shunday xayrlashishga munosib"
Germaniya - Angliya o'rtoqlik uchrashuvi "Galatasaroy" hujumchisi Lukash Podolski uchun milliy jamoa safidagi so'nggi bahs bo'ladi.
31 yoshli forvard avgustda milliy jamoadan ketishini aytgan edi. Podolski terma jamoada safida o'tkazgan 129 ta o'yinida 48 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov ushbu voqeaga fikr bildirdi.
"Lukash bu yo'l bilan xayrlashayotgani ajoyib. Podolski bunday xayrlashishga munosib. Angliya terma jamoasiga qarshi o'yinlar - doimo haqiqiy klassika, buning ustiga Dortmudnddagi fantastik muxlislar ko'z o'nggida harakat qilamiz. Bahsda ajoyib atmosfera hukmro bo'ladi deb o'ylayman " - deydi Lyov.
Fikrlar