Lyov Germaniya terma jamoasini boshqarish borasidagi rekordni takrorladi
10 sen 2018 08:55
Yangiliklar
Lyov Germaniya terma jamoasini boshqarish borasidagi rekordni takrorladi
Kecha Germaniya terma jamoasi Peruga qarshi o'rtoqlik o'yinida qatnashib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Bu bahs terma jamoa bosh murabbiyi Yoaxim Lyov uchun 167-o'yin bo'ldi. SHu tariqa Lyov bu ko'rsatkich bilan terma jamoada bosh murabbiy sifatida eng ko'p o'yin o'tkazgan Zepp Xerberger bilan tenglashib oldi. Uning hisobida ham 167 ta o'yin bo'ldi. Malumot uchun, Lyov Germaniya terma jamaosini 2006 yildan boshlab boshqarib kelmoqda. 2014 yilda u mamlakat bosh jamoasini mundial g'olibligiga etaklagan edi.
Fikrlar