Lyov: “Biz ukrainlarga deyarli o'ynash imkonini bermadik”
11 okt 2020 09:48
Yangiliklar


Lyov: “Biz ukrainlarga deyarli o'ynash imkonini bermadik”
Germaniya terma jamoasi ustozi Ukraina ustidan qozonilgan g'alabaga izoh berdi.
“Hammasidan ham g'alaba qozonganimizdan xursandman. Biz to'p o'tkazib yuborgunimzga qadar 3:0 yoki 4:0 hisobida oldinda borayotgan bo'lishimiz munmkin edi. Nima yaxshi deysizmi? Biz ukrainlarga deyarli o'ynash imkonini bermadik. To'pni juda oson bir-birimizga oshirib o'ynadik. 2:0 dan so'ng raqib charchadi. Umuman oldan juda barqaror futbol namoyish etdik. 3 himoyachi bilan o'ynar ekansiz, sizga faol, va oldinga pas bera oladigan futbolchilar kerak. Birinchi bo'limda biz ortga juda ham ko'p pas berdik. Agar hech narsa sodir bo'lmasa, SHveycariyaga qarshi o'yin uchun ham tarkibga katta o'zgartirish kiritmayman”, — deydi Yoaxim Lyov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar