Lyakazettni arilar taladi
22 iyu 2022 21:26
Yangiliklar
Lyakazettni arilar taladi
"Lion" hujumchisi Aleksandr Lyakazett yakshanba kuni jamoasining "Feyenoord"ga qarshi mavsumoldi o'rtoqlik o'yinini o'tkazib yubormoqchi bo'lgan ko'rinadi.
"Lion" mavsumoldi tayyorgarlik doirasida Niderlandiyaga yo'l oldi, u erda o'tgan mavsum Evropa Konferenciyalar ligasida ikkinchi o'rinni egallagan jamoa bilan Rotterdamda hafta oxirida to'qnash keladi.
L'Equipe nashrining malum qilishicha, "Arsenal" sobiq hujumchisi Niderlandiya o'rmonida kezib yurganida arilar hujumiga duch kelgan, natijada 31 yoshli futbolchini 10 ga yaqin ari chaqqan. SHu sababli u bo'lajak uchrashuvni o'tkazib yuborishi mumkin.
Lakazettning jamoadoshi Musa Dembele ham arilar hujumining jabrdiydasi bo'ldi, ammo uning jarohati jiddiy emas, shu bois futbolchi mashg'ulotlarga qaytdi.
Fikrlar