Lyakazett "Lion" tarixidagi eng yaxshi ikkinchi to'purar bo'lib oldi
18 mar 2023 12:35
Yangiliklar
Lyakazett "Lion" tarixidagi eng yaxshi ikkinchi to'purar bo'lib oldi
"Lion" hujumchisi Aleksandr Lyakazett Franciya chempionatining 28-turidan o'rin olgan "Nant"ga qarshi o'yinda gol urdi.
31 yoshli franciyalik futbolchi uchun bu gol "Lion" safidagi 150-si bo'ldi. Bu ko'rsatkich bo'yicha u faoliyati davomida 149 ta gol urgan Bernar Lyakombni ortda qoldirdi.
222 ta to'p kiritgan Fleri Di Nallo klub tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lib qolmoqda.
Fikrlar