Lyakazett "Barselona"ni emas, "Atletiko"ni afzal ko'rmoqda

Alisher
23 noya 2021, 14:28
Aleksandr Lyakazett "Arsenal"dan ketishi va faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

Fransiyalik futbolchini yuragidagi muammo sabab faoliyatini yakunlashga yaqin bo'lgan Serxio Agueroning o'rnini to'ldirish uchun "Barselona" kuzatmoqda, shuningdek "Atletiko" ham.

Lyakazett esa  "Barselona"ni emas, "Atletiko"ga o'tmoqchi. Forvard Madrid klubi loyihasi unga ko'proq mos tushadi deb hisoblaydi. Aleksandr shuningdek Antuan Grizmann va Toma Lemar orqali Diego Simeonening ijobiy gaplarini eshitgan.

30 yoshli futbolchi joriy mavsum 10ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Nacional