Lutfulla To'raev: "Qo'qon-1912" darvozasiga urgan golimni o'ylangan, deb aytmagan bo'lardim"
13 sen 2021 12:08
Yangiliklar
Lutfulla To'raev: "Qo'qon-1912" darvozasiga urgan golimni o'ylangan, deb aytmagan bo'lardim"
Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoaning gollaridan biriga mualliflik qilgan, raqib darvozasiga supergol urgan Lutfulla To'raevning fikrlari bilan qiziqdik.
"Qo'qon-1912" bilan o'yin qiziqarli bo'ldi. G'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Raqibimiz standart vaziyatlardan yaxshi foydalanishini bilardik. Ularning kuchli tomoni ham shunda edi. Biz ham standart vaziyatlardan samara chiqarishga harakat qildik va uddaladik. Buni murabbiyimiz o'yindan oldin ham aytib o'tgandi. Ikkinchi va uchinchi o'rindagi jamoalar bilan ochkolarimizni qisqaritirib oldik. Hozirda hammasi o'z qo'limizda.
Bevosita golimga kelsak, bunday gollarni o'ylangan, deb aytmagan bo'lardim. To'p havodan keldi va men o'sha zarbani yo'lladim. Yakunda jamoamiz g'alaba qozondi. Muxlislarni yutuq bilan tabriklayman",- deydi Lutfulla To'raev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar