Lutfulla To'raev: "Neftchi"ni o'zimiz tushirdikmi, o'zimiz yuqoriga olib chiqamiz. Ortga yo'l yo'q"
09 iyu 2022 15:18
Yangiliklar
Lutfulla To'raev: "Neftchi"ni o'zimiz tushirdikmi, o'zimiz yuqoriga olib chiqamiz. Ortga yo'l yo'q"
Birinchi davrani muvaffaqiyatsiz o'tkazgan jamoa yangi murabbiy Vitaliy Levchenko qo'l ostida puxta tayyorgarlik ko'ryapti. Jamoaning tajribali etakchi futbolchilaridan biri Lutfulla To'raev kechagi mashg'ulot oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.
- "Neftchi"ning birinchi davradagi o'yinlari haqida...
- Hammasi malum. Ortiqcha izohga hojat yo'q. 13 o'rin biz uchun yaxshi emas. O'zimiz shu "chuqur"ga olib tushdikmi, o'zimiz olib chiqamiz. Ortga yo'limiz qolmagan.
- Muvaffaqiyatsizlikka nimalar sabab bo'ldi, deb o'ylaysiz?
- Sabablari ko'p. Birinchi o'rinda jarohatlar pand berdi. SHu bois o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik.
- Vitaliy Levchenko haqida dastlabki taassurotlar qanday?
- Hozirda ko'proq tiklanishga etibor qaratyapmiz. O'rtoqlik uchrashuvlari orqali o'yinimizni shakllantirib boramiz.
- Ikkinchi davradan shaxsan o'zingiz nima kutyapsiz?
- Faqat g'alaba. Klubni avvalgi mavqeini tiklashimiz lozim. Bunday o'rinlar bizga yarashmaydi. Har bir o'yinda maksimal harakat qilamiz.
Fikrlar