So’nggi yangiliklar

02:05ЕЧЛ. "Бавария" Мюнхенда "Челси"ни мағлубиятга учратди  17 02:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" охирги дақиқалардаги гол эвазига камбэк қилаёзган "Атлетико"ни таслим этди. ПСЖ ва "Интер" ўз ўйинларида ғалаба қозонишди  25 00:53"Реал"нинг Хёйсенни четлатилиши бўйича берган апелляцияси рад этилди  0 00:30ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" 0:0  3 23:54ОЧЛ 2. Эроннинг "Истиқлол" клуби "Ал Васл"га ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Ўзбек футболчилари қайдномада йўқ эди  2 22:53ОЧЛ 2. "Андижон"нинг гуруҳидаги иккинчи ўйинда ҳам дуранг қайд этилди  23 22:32Тақиқланган модда Мудрикнинг қонига терма жамоа йиғини пайт тушгани маълум бўлди  0 22:02Анри "Арсенал" ҳақида: "Уларда деярли иккита жамоа мавжуд. Бу йил албатта бирор нарса ютиш шарт"  3 21:10Хейсен «Сосьедад»га қарши ўйиндаги ўз четлатишини ВАР бекор қилиши керак эди деб ҳисоблайди  6 20:38ОЧЛ-2. "Андижон" меҳмонда "Аркадағ" билан дуранг ўйнади  125 19:36Гвардиола «Ман Сити»ни ЧЛда ғолибликка даъвогар деб ҳисобламайди: «Аниқ йўқ. Фақат лаҳзалардан роҳатланиб, бу ерда бўлганимиздан хурсандмиз»  6 18:31Собиқ ҳакам Буррул «Реал»нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: «Нотўғри белгиланган. Ўйинчи йиқилди, қўл ҳаракати табиий»  35 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  14 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  10 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0

Lutfulla To'raev: "Malayziyada futbolga qiziqish juda baland ekan" Yangiliklar

Lutfulla To'raev: "Malayziyada futbolga qiziqish juda baland ekan"

Avvalgi hafta Malayziya super-ligasining joriy yilgi mavsumi yakuniga etdi va Johar Darul Tazim klubi ketma-ket 3-marta mamlakat chempioniga aylandi.

Hamyurtimiz Lutfulla To'raevning jamoasi - Felda Yunayted esa o'z tarixida ilk bor sovrindorlar qatoriga kirdi - 2-o'rin. Xullas, hamyurtimiz Malayziyadagi ilk mavsumida kumush medal sohibiga aylandi. Sirdaryolik futbolchi bu natijaga 16ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urish asnosida sezilarli hissa qo'shdi. Agarda Lutfulla jarohat sabab, 2 oyni maydon tashqarisida o'tkazib yubormaganida, o'yinlari va tabiiyki, gollari soni ham nisbatan ko'proq bo'lardi. Yana bir hamyurtimiz Oybek Qilichevni o'z safiga chorlagan Perak 6-pog'onadan joy oldi. Jamoaga ikkinchi davrada qo'shilgan Oybek 9ta o'yinda ishtirok etdi. Sobiq paxtakorchi Dilshod SHarofutdinovning klubi - T-Tim esa chempionatni 7-o'rinda yakunladi. SHarofutdinov birinchilik davomida 20 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini 6 bora ishg'ol qildi. Biz mavsum yakunlangani hamono Toshkentga qaytgan Lutfulla To'raev bilan uchrashib, undan Malayziyadagi faoliyati yuzasidan intervyu oldik.

- Lutfulla, avvalo, Malayziyada vice-chempion bo'lganingiz bilan tabriklaymiz. Debyut mavsum uchun kumush medal ham chakki emas, shundaymi?

- Albatta. Menimcha, xorij klubida to'p suradigan futbolchi uchun har qanday medal muhim. Xullas, Malayziya vice-chempioni maqomiga erishganimdan xursandman. Boz ustiga, Felda Yunayted bungacha biror marta sovrindorlar safida joy olmagan ekan. SHuni hisobga olsak, 2-o'rin klub uchun zo'r natija.

- Umuman, mavsum shaxsan siz va jamoangiz uchun oson kechmagandir...


- SHubhasiz. Ayniqsa, ikkinchi davra o'yinlarida shiddat oshdi.

- Aynan nimasi murakkablik tug'dirdi? Raqobat kuchlimidi yoki jamoangiz biroz toliqib qoldi?


- Ikkinchi davrada har 3 kunda maydonga tushdik. SHuning hisobiga futbolchilarda jismoniy tomondan charchoq sezildi.

- Rahbariyati mavsum avvalida jamoa oldiga qanday vazifa qo'ygandi va u bajarildimi?


- OFK kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritishimiz kerak edi. SHuningdek, jamoamizdan Malayziya kubogini yutish talab qilindi. Yakunda kubokni qo'lga kiritolmadik, lekin vice-chempion sifatida OFK kubogida ishtirok etadigan bo'ldik.

- CHempionlik uchun ham imkoniyat bormidi? Bunga nima to'sqinlik qildi?

- Afsuski, 1-o'rinni band etgan Johar Darul Tazimga qarshi o'yinda mag'lubiyatga uchradik. SHundan so'ng peshqadamga etib qolish imkonini topolmadik. Aytishim joiz, tizzamdagi jarohat sabab, 2 oy maydonga tusholmadim. Yani muhim o'yinlarda jamoaga yordamim tegmadi.

- Malayziya chempionatidan olgan umumiy taassurotlaringiz qanday? U erga borishdan avvalgi tasavvuringiz va amaldagi holat nechog'li farqlandi?


- Ochig'i, Malayziya chempionati yoqdi. Harqalay, kutganimdan yaxshiroq ekan. CHempionat saviyasi ko'pchilik o'ylaganidek past emas. Muhimi, mamlakatda futbolga qiziqish juda baland. Axir stadion muxlislar bilan gavjumlansa, rohatlanib o'ynaysiz.

- Medallarni topshirish marosimi qanday tashkillashtirildi?


- Bu tadbir hali o'tkazilmadi.

- Demak, Malayziyaga yana qaytasiz, shundaymi?


- Ha. Nasib qilsa, bir oy hordiq chiqargach, safarga chiqaman.

- O'zi Felda bilan tuzgan shart­nomangiz qancha muddatga mo'ljallangan?


- 31 dekabr kuni yakunlanadi.

- Kelishuvni uzaytirish niyatidamisiz yoki boshqa taklif va rejalar bor?


- Bu masala bir oydan so'ng hal etiladi.

- O'zingiz qanday fikrdasiz? Klub rahbariyati bilan bu mavzuda  gaplashmadingizmi?


- SHartnoma yakunlanmagani uchun klub rahbariyati hozircha jim, men ham. Malayziyaga qaytganimdan ke­yin bir to'xtamga kelamiz.

- O'z jamoalarimizdan takliflar tushmayaptimi?


- Hozircha yo'q.

- O'zbekiston chempionati ham yakuniy pallaga kirdi. Uni kuzatib boryapsizmi?

- Imkon qadar. Mana, yana shu erdaman va menda chempionatning qolgan 3ta tur o'yinlarini bevosita stadionda kuzatish imkoni bor.

- Sizningcha, joriy yil chempionlik qaysi jamoaga nasib etadi?


- Lokomotivning imkoniyati yaxshi. Jamoa oxirgi turda Nasaf­ni engdi. Bu o'yinni ko'rdim. SHunday uchrashuvlar qancha ko'paysa, saviya shunchalik oshadi. Menimcha, Lokoning chempion bo'lishiga hech kimda shubha qolmadi, hisob. Lekin kurash oxirgi turgacha davom etsa kerak.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика