So’nggi yangiliklar

17:23Водий жамоаларида кўп йиллар ўйнаган Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  1 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  1 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  4 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  0 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  11 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3

Lushan: "G'alaba va mag'lubiyatda bu yigitlarga ishonishda davom etaman" Yangiliklar

Lushan: "G'alaba va mag'lubiyatda bu yigitlarga ishonishda davom etaman"

Teglar :  Sergey Lushan
"Al-Ahli" hamda "Bunyodkor" o'rtasidagi Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichi 1-tur uchrashuvidan (2:0) so'ng "qarlidg'ochlar" ustozi Sergey Lushan ishtirokida matbuot-anjumani bo'lib o'tdi.

"Ikkala jamoa ochiq futbol namoyish etdi. CHunki ikki klub o'yin uslublari o'xshash edi. G'alaba qozonishimiz mumkin bo'lgan bahsda mag'lubiyatga uchradik. O'yin statistikasiga etibor bersangiz, ustunlik biz tomonda. Afsuski, himoyadagi ikkita xatodan raqib unumli foydalandi. Biz esa o'zimiz yaratgan 8 ta vaziyatdan bittasini ham golga aylantira olmadik. Tarkibda yosh futbolchilar ko'p, bazi o'yinchilar xatto 20 yoshga ham to'lmagan. Jamoa azolarining 70% 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar. G'alaba va mag'lubiyatda bu yigitlarga ishonishda davom etaman. Bu 1-tur uchrashuvi edi. Oldinda yana o'yinlar bor. Hayot davom etadi.

Oldinda yana 5 ta bahs bor. Xalqaro o'yinlarda futbolchilarimiz yanada toblanadi. Bundan faqat o'zbek futboli yutadi. Guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, xalqaro o'yinlarimiz sonini oshirishga umid qilamiz" - deydi Sergey Lushan.

"Bunyodkor" matbuot-xizmati

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика