So’nggi yangiliklar

22:14Қизлар ўртасидаги ЎФА U-17 чемпионатида 29:0 ҳисоби қайд этилди  0 21:51Яна 9 йил? "Челси" асосий футболчиси билан 2033 йилга қадар келишув имзолайди  0 21:26"Ювентус" асосий дарвозабони билан шартномани бекор қиладими?  0 20:55"Навбаҳор", "Локомотив" ва "Металлург"нинг ғалабасиз серияси қачон тугайди? — Суперлиганинг 15-тури ҳақида  4 20:44Расман: "Барса" Араухони АПЛ клубига сотди  1 20:21"Челси" португалиялик "омадсиз" учун 65 млн евро таклиф қилди  2 19:46Расман: "Боруссия Дортмунд" Максимилиан Байер билан шартнома имзолади  1 19:24Луис Диас "Манчестер Сити" билан беш йиллик шартнома борасида келишиб қўйди  2 18:58Ана холос! "Атлетико Мадрид" Нголо Кантени Европага қайтармоқчи   2 18:35Музаффар Олимжонов: "Кейинги учрашувларда ҳам шу темпда давом этишимиз керак"   1 18:14"Челси" фақатгина ушбу трансфер ойнасида 156,3 млн (!) фунт стерлинг сарфлади  5 17:52Месси "Интер Майами"нинг қолган футболчиларидан алоҳида шуғулланмоқда  1 17:30Расман: Аарон Ван-Биссака "Вест Хэм" билан 7 (!) йиллик шартнома имзолади  3 17:15"Реал" футболчилари УЕФА Суперкубоги ўтказиладиган Варшавага ҳашаматли кўринишда келишди  24 16:55ОКМК - "Навбаҳор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  1

Lushan "Bunyodkor"ga mosmi? Yangiliklar

Lushan "Bunyodkor"ga mosmi?

2015 yilgi mavsum va "Zobahan", "Obod" va "Mashal" jamoalariga qarshi o'yinlardan kelib chiqqan holda Sergey Lushanning faoliyatiga baho bera olamiz.

Himoyaviy futbolni tanlagan "Mashal"ga qarshi Sergey Lushan "ular "antifutbol" namoyish etdi", - degan fikrni ilgari surdi. Tabiiyki bundan muborakliklar xursand bo'lmadi. "Himoyada ham o'ynashni bilish kerak, biz uchun ochko kerak edi va bunga erishdik", - deya qarshi fikr bildirdi miks zonada "Mashal" azolaridan biri. To'ppa-to'g'ri, "Mashal" uchun oliy liga favoritiga qarshi o'yindagi ochko, "Bunyodkor" uchun OCHLdagi o'yinida qanchalik ahamiyatli bo'lgani kabi qimmatli edi. Aynan himoyada o'ynay bilmagani tufayli ham 3:1 hisobi Saudiya Arabistonida 3:3ga aylandi, Toshkentda esa 0:1 natijasi qayd etildi.



Lushan yoshlarni maydonga tushiryapti, to'g'ri. Buning uchun unga rahmat. Ammo bir narsani unutmaylik, hozirgi "Bunyodkor"ning avvalgi mavqei bo'lganida bu yoshlar hozir ham o'rinbosarlar safida harakat qilayotgan, ularning o'rnilarida MTJ va jahon yulduzlari to'p tepayotgan bo'lardilar. "Paxtakor" ham o'z paytida aynan mana shunday qiyinchilik tufayli ko'plab yoshlarni kashf qildi. Bu ko'proq moliyaviy holatga bog'liq. Masalan yil boshida Jasur Hasanov oldida "Lokomotiv"da qolish yoki "Bunyodkor"ga qaytish varianti bor edi. Huddi shunday Maxaradze "Loko"ni tanladi. O'z-o'zidan MTJ futbolchilari "Bunyodkor"ning so'roviga rad javobini beravergach, murabbiy oldida ikkita yo'l qoladi, o'z saviyasiga to'g'ri kelmagan futbolchini harid qilish va ichki bazadan foydalanish. 2015 yil "Bunyodkor" safini kimlar to'ldirmadi deysiz. Natijada klub o'z tarixidagi eng yomon ko'rsatgichni qayd etdi. Boisi oddiy, transfer qilingan futbolchilar katta klub talabiga javob bermasdilar. SHundan so'ng katta sahnaga Ashurmatov, SHomurodov va Hamdamov chiqa boshladi. Faqatgina Komilov yilni asosiy tarkibda boshlagan edi. Ularga qadar Miloshevich, Bekrich, M.G'ofurov va Jo'raboev jamoaning asosiy tarkibida maydonga tusha boshladilar. Ikkinchi davrada ularning yarmi zaxiraga o'tirdi, yarmi ijara asosida jamoani tark etdi va yoshlar maydonga chiqdi. Agar yuqoridagi futbolchilar birinchi davrani o'zidayoq asosiy tarkib azosiga aylanganlarida biz bugun, "yoshlarni Lushan kashf etdi", demayotgan bo'lardik. Endi bu yoshlarni oldiga yo o'zimizdan kuchli o'yinchi olib bilimini oshirish kerak, yoki chet eldan yaxshi legioner olib kelib. Yaqinda bir mutaxassisni Lushanga aytgan gapini eshitdim:

- Ishing chakki emas, ammo manavi to'rt nafar o'rtamiyona legionering o'rniga, shularni pulini birlashtirib ikkita zo'rini olib kelsang, qo'l ostingdagi yoshlar nimanidir o'rganadi.

Juda ham to'g'ri gap. Sato mayli osiyolik. Osiyodan O'zbekiston uchun yaxshi o'yinchi topish qiyin. Adashib Gevorkyan chiqib qoldi. Gochkuliev esa allqachon tarixga kirib bo'lgan. Lekin Zuagi, Alempievich va Bulyat oliy liga futbolchilaridan bir kalla ustun emas. Zuagi balki yaxshi futbolchidir, ammo yuqori to'rtlikka mos keladigan darajada tez, bir o'zi o'yin taqdirini hal qiladigan futbolchi emas. Masalan, "Qizilqum" uchun Ilhom Yunusovning bir o'zi o'yin taqdirini hal qilib berishi mumkin. Yoki "Buxoro"da Salomov. Qaerda o'ynamasin, Maxaradze shunday o'yinchi. Bularning bari o'rtaga javobgar o'yinchilar. Yuqorida sanab o'tilgan o'yinlarda Satoni biroz nimadir qilishni istayotganini inobatga olmasangiz, na Alempievich na Zuagi biron narsani qoyillatgani yo'q. Ammo Lushan Zuagini Ibrohimovdan ustun ko'ryapti. SHorahmedov esa zaxiraga o'tkazildi. Aslida futbolchi va murabbiy o'rtasidagi nizo qishgi yig'inlar chog'ida kelib chiqqan. Ammo bunga jamoa manfaati yo'lida chek qo'yish kerak.



Lushanga etishmayotgan yana bir narsa o'z xatosini tan olmaslik. 2015 yil mag'lubiyat va duranglarda Sardor Rashidov aybdor bo'lib keldi. Sergey Lushan o'z davrining eng yaxshi himoyachilaridan biri bo'lgan. Oldida ham yaxshi harakat qilgan. Lekin u futbolchi Lushan, murabbiy Lushan esa bugungi "Bunyodkor" futbolchilar orasida hali futbolchilik davridagidek ko'p titullarga ega mutaxassis emas. U yaqindagina akademiyadan chiqdi, hozircha u murabbiy sifatida oliy liganing boshqa murabbiylaridan deyarli farqi yo'q. "Al SHabab" bilan bo'lib o'tgan o'yinga aldanmasdan, "Bunyodkor"ni bu yilgi bironta o'yinini ko'rib muxlis "vox" demadi. Xatto o'sha "Neftchi" bilan o'yinda ham. 

Titulsiz, murabbiy o'zini futbolchilardan ustun qo'yishi uchun kamida Abramov bo'lishi kerak. Kamida yillar davomida puli yo'q jamoada ishlab hech yo'g'i to'rtinchi o'rinni olishi kerak. barcha narsa muhayyo bo'lgan "Bunyodkor" safida to'rtinchi o'rinni olib kubok finalida mag'lubiyatga uchrash bu klub uchun yarashmaydi. Malumot uchun, bankrotga uchrayotgan "Traktor" 2004 yil finalga etib borib, chempionatda 5-o'rinni qayd etgan edi.

"Zobahan" bilan Toshkentda bo'lib o'tgan o'yinni olaylik. SHorahmedov zaxiraga o'tkazildi. Ahmadaliev o'ng qanotdan joy oldi. Keyingi o'yinlarda ham huddi shunday holatni ko'ryapmiz. Bu bilan SHorahmedovni "Bunyodkor"ni "lideriga" chiqarib qo'yishdan yiroqman, ammo shu narsa kuzatilyapti-ki, SHorahmedov o'tirgach, "Bunyodkor"ning o'ng qanoti ham "o'tirdi". Bugungi zamonaviy futbolda qanot himoyachisi vaqti-vaqti bilan yarim himoyaga qo'shilib turishi kerak. Tepadan bugungi o'yinlarni ko'ring, Ahmadalievning qanoti deryali aktiv holatda bo'lmayapti. Endi o'ziz o'ylang, bir futbolchini aldab jarima maydonchasi ichiga pas oshirib bera olmaydigan Zuagi, hech yo'g'i Lutfillo To'raev darajasida bo'lmagan Alempievich bor jamoa nursiz o'ynamay, kim nursiz o'ynasin. Qanot ham ishlamay turgan bo'lsa. "Paxtakor" va "Lokomotiv"ga qarshi "Bunyodkor"ni o'yinlarini ko'rgan mutaxassis SHorahmedovni raqib hujumchilari uchun qanchalik noqulayligini biladi. Jasur Hasanovni o'qib olgan bu futbolchi, "Paxtakor" uchun doimiy bosh og'riq bo'lib kelgan.

2015 yil hujumchi rolida harakat qilgan SHomurdov yashi o'ynab turgandi. Qanot yarim himoyachisi sifatida unga qiyin bo'lyapti. Boisi, uni "podderjka" qiladigan futbolchi bo'lmayapti. Tag'in ham kecha Serazetdinov 50/50 holatda "Mashal" foydasiga penalti bermadi. Bu erda muboraklik futbolchi yiqilib bersa bo'ldi edi.



Yil boshida Baxtiyor Boboev bilan suhbatlashganimizda, murabbiylik borasida fikrim bilan qiziqqan edi. O'shanda biron bir serb mutaxassisi bilan ishlashni taklif bergandim. Hozir ham fikrimda qolaman, agar shu sharoitda ham jamoa to'rtinchi o'rin bilan cheklansa, menimcha oliy ligada legionersiz ham bu natijani qayd etsa bo'ladi. 4 nafar legionerga ketadigan pulga yomon murabbiy kelmaydi. Oddiy misol "Obod"ni olaylik. Bir paytlar yulduzli "Bunyodkor" soyasida qolib ketgan bu futbolchilar bugun yomon ko'rinmayaptilar. Faqat ular birlasha oldi. Buning uchun avvalo ahillik kerak, g'ururni chetga surib qo'yib, baham jihat ishlash lozim. Men rosmana achinganimdan yozyapman. CHunki "Bunyodkor"ni faoliyati davom etishi o'zbek futbolchi uchun o'ta muhim. Agar axvol bu tarzda davom etaveradigan bo'lsa, bir kun kelib kelib turgan moliya qisqarib ketishi ham hech gap emas.

Lushan esa avvalo xatoni o'zidan qidirishi lozim. Matbuot anjumanlarida beriladigan savollarga, kesatib javob berish ham bu murabbiy uchun odatga aylanib ulgurgan.

"Bunyodkor"ni esa uchib ketgan qaldirg'ochini qaytarish kerak. Qaldirg'och esa, qachon va qaerga qaytishini barchangiz bilasiz.

Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика