Lukas Moura: "Bu hayotim va faoliyatimdagi eng yaxshi lahza"
09 may 2019 11:49
Yangiliklar
Lukas Moura: "Bu hayotim va faoliyatimdagi eng yaxshi lahza"
"Tottenxem" yarim himoyachisi Lukas Moura ECHL yarim final javob bahsida "Ayaks" ustidan qozonilgan irodali g'alaba (3:2)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.
"Hozir nimani his qilayotganimni so'zlar bilan yozib bo'lmaydi. Jamoadoshlarim bilan juda va juda faxrlanaman. Biz bu narsa mumkin ekanligiga ishonishdan to'xtamadik. Bor kuchimizni berdik va bunday quvonchli onlarga munosib bo'ldik. Biz - oilamiz. Hozir hissiyotlarni jilovlay olish juda qiyin.
Futbol mana shunday onlarni ham taqdim etadi, biz g'alabadan rohatlanishimiz kerak. Menga boqing! Bu hayotim va faoliyatimdagi eng yaxshi lahza!", - dedi Moura.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi kecha xet-trik qayd etdi va londonliklarning g'alabasiga ulkan hissa qo'shdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar