Lukakuning tiklanishi cho'zilmoqda
03 okt 2022 10:20
Yangiliklar
"Inter" hujumchisi Romelu Lukakuning tiklanish jarayoni kechikmoqda. Bu haqda "neradzurri" bosh murabbiyi Simone Inzagi so'z ochdi.
"Men Lukakuni "Barselona" va "Sassuolo"ga qarshi o'yinlarda ko'rish ehtimoli haqida pessimistik fikrdaman. U qattiq ishlamoqda, lekin yangi tekshiruvlar u hali ham jamoa bilan shug'ullanishga tayyor emasligini ko'rsatdi", – dedi mutaxassis.
Lukaku shu paytgacha "Inter"ning 7 ta uchrashuvini o'tkazib yubordi. 29 yoshli hujumchi joriy mavsum A Seriyada 3 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar