

"The Athletic" nashrining yozishicha, uni "Manchester Siti" o'z tarkibida ko'rishni istamoqda. Rahbariyatdagilar yozda jamoadan ketadigan Serxio Agueroning o'rnini aynan belgiyalik bilan to'ldirishni niyat qilgan.
Ayni damda "Inter" tarkibida harakat qilayotgan futbolchi bungacha "Manchester Yunayted"da o'ynagandi.
Ushbu mavsumda 27 yoshli hujumchi 37 o'yinda 27 gol va 8 assist qayd etdi. Uning taxminiy transfer qiymati 90 mln evro bo'lishi kutilmoqda.



