Lukaku va De Bryuynedan keyin yana bir futbolchi "Astana Arena"dagi o'yinda qatnashmaydi
13 okt 2019 15:15
Yangiliklar


Lukaku va De Bryuynedan keyin yana bir futbolchi "Astana Arena"dagi o'yinda qatnashmaydi
Belgiya termasi bugun Qozog'iston termasi bilan bahs olib boradi.
"Thehardtackle" xabariga ko'ra, ushbu uchrashuvda Leander Dendonker ham qatnashmaydi. "Vulverxempton" futbolchisining oshqozonida muammolar bor.
24 yoshli tayanch yarim himoyachisi ushbu mavsum APLda 16 o'yinda qatnashib, 1 gol kiritdi.
Qozog'iston - Belgiya uchrashuvi bugun mahalliy vaqt bilan 19:00 (Toshkent vaqti bilan 18:00da) "Astana Arena"da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar