"Manchester Yunayted" va "Milan" belgiyalik iqtidor uchun kurashmoqda

28 iyul 2017, 09:05
"Anderlext" jamoasining 22 yoshli yarim himoyachisi Leander Dendonker bir qator jamoalar qiziqishiga sabab bo'lmoqda.


Belgiya terma jamoasi tayanch yarim himoyachisining xizmatlariga "Manchester Yunayted", "Milan" hamda "RB Leyptsig" klublari qiziqish bildirishmoqda.

Har uchala klub skautlari Belgiya chempionatining dastlabki turida Dendonkerning o'yinini kuzatish maqsadida stadionga tashrif buyurishadi.

"Anderlext" Dendonkerni 25 million evrodan qimmatroqqa sotishni mo'ljallamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: De Morgen