Lukaku MYUdan ketishini tasdiqladi
12 iyu 2019 14:15
Yangiliklar


Lukaku MYUdan ketishini tasdiqladi
Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku Evropa chempionati saralash o'yinlaridan o'rin olgan SHotlandiya (3:0) ga qarshi uchrashuvdan so'ng bergan intervyularidan birida yozgi transferlar oynasida Manchester jamoasidan ketishini tasdiqladi.
Oldinroq, "Inter" va "Napoli" jamoalari Lukaku uchun kurashga qo'shilganliklari xabar qilingan edi. Milan klubi 26 yoshli belgiyalik futbolchiga yiliga 10 million evro miqdorida maosh taklif qilgan. Romeluning MYU bilan tuzgan shartnomasi esa 2022 yil yoziga qadar mo'ljallangan.
Lukaku 2018/19 yilgi mavsum MYU libosida 45ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 4ta assistga erishgan. transfermarkt.de futbolchini 85 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar