Lukaku MYUdan ketishiga shama qildi
12 iyu 2019 22:13
Yangiliklar


Lukaku MYUdan ketishiga shama qildi
"Manchester Yunayted" forvardi Romelu Lukakuning aytishiga ko'ra, uning eng yoqtirgan murabbiyi Antonio Konte ekan.
"A Seriya menga doimo yoqib kelgan. Yaqinlarim meni bilishadi, har doim A Seriya va APLda o'ynashni istab kelganman. Italiyani sevaman.
Ronaldu "Yuventus"ga o'tib, Italiya chempionatini portlatdi. Konte esa "Inter" boshqaruvini o'z qo'liga oldi, bu juda yaxshi. CHunki u men uchun dunyoning eng yaxshi murabbiyi. Sarri yaqin vaqtlarda "Yuventus"da ish boshlaydi. Karlo Anchelotti "Napoli"ni boshqarmoqda. A Seriyaning navbatdagi mavsumi ajoyib o'tadi", - dedi belgiyalik.
Oldinroq Romelu Lukaku A Seriya vakili, Antonio Konte boshqaradigan "Inter"ga o'tishi borasida malumotlar berilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar