Lukaku: "Mushaklarim vazni ortib ketgani uchun og'irlashib qoldim"

Aslanov Jasurbek
10 dek 2018, 11:43
"Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukakuning fikricha, joriy masvumdagi uning muammolari mushak vazni ortib ketganiga bog'liq ekan.

Belgiyalik joriy mavsumning 20ta uchrashuvida 6ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

"To'g'ri, mushak vaznim ortib ketgani tufayli og'irlashib qoldim. Jahon chempionati vaqtida vazn yiqqan edim, u yerda o'zimni yaxshi his qilganman. Klubda uslub boshqacha. APLda bunday og'ir mushaklar bilan o'ynay olmayman, buni qaytganimdayoq tushundim.

Natijada vazn tashlashga to'g'ri keldi. Hozir trenajyor zaliga bormayapman, ko'p suv ichim, go'sht tanovul qilmayapman" - deydi Lukaku.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian