Lukaku ketishga rozi
19 iyu 2019 00:30
Yangiliklar
Lukaku ketishga rozi
Manchester Yunayted hujumchisi Romelu Lukaku rahbariyatga jamoani tark etishini malum qildi.
Futbolchi shu yozning o'zida boshqa jamoaga o'tmoqchi. Unga «Inter» jiddiy qiziqish bildirgan. «Neradzurrilar» ustozi Antonio Konte esa uni klubda ko'rishni xohlamoqda. Manchesterliklar belgiyalik forvardni 70 mln. evroga sotishni rejalashtirmoqda.
Romeluning MYU bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha mo'ljallangan. Avvalroq, «Manchester Yunayted» Lukaku bo'yicha «Inter»ning taklifini rad etgandi.
Fikrlar