

"Chelsi" klubi hujumchisi Romelu Lukaku London klubiga o'tishi haqida gapirdi.
"Bu tarzda ketishim kerak emasdi. Hammasi boshqacha bo'lishi kerak edi.
Men qanday "Inter"dan ketganim, muxlislar bilan qanday suhbatlashganim - bular meni haligacha bezovta qiladi. Hozir bu haqida gapirishning mavridi emasdir, balki.
Ammo, har doim "Inter" mening yuragimda qolishini ta'kidlab kelganman. Men u yerda o'ynash uchun yana qaytaman. Bunga ishonaman.
Italiyani juda sevaman. Hozir insonlarga men aslida yomon ish qilmaganimni aytadigan payt. Kimnidir ayblamoqchi emasman. Biroq, hozir shu gaplarni ma'lum qilishning ayni payti, -deydi Romelu Lukaku.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" yozda Romelu Lukakuni 115 mln evro evaziga sotib olgandi.



