Lukaku "CHelsi"da tibbiy ko'rikdan o'tdi
09 avg 2021 20:01
Yangiliklar
Lukaku "CHelsi"da tibbiy ko'rikdan o'tdi
Belgiyalik hujumchi yaqin orada "aristokratlar" futbolchisiga aylanadi.
"Inter" forvardi Romelu Lukaku "CHelsi" futbolchisiga aylanishdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tdi.
Manbaga ko'ra, 28 yoshli belgiyalik o'yinchi bilan yaqin bir necha soat ichida transfer bilan bog'liq masalalar yakunlanishi kutilmoqda. Klublar kelishuvni tez orada rasman elon qilishadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Lukaku transferi 115 million evro bo'lishi haqida xabar berilgandi. Belgiyalik futbolchi yiliga 15 million evro maosh evaziga londonliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
O'tgan mavsumda Lukaku 44 ta o'yinda maydonga tushib, 30 ta gol urgan hamda 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar