Lukaku "CHelsi"da o'ziga raqam tanladi
18 avg 2021 21:03
Yangiliklar
Lukaku "CHelsi"da o'ziga raqam tanladi
Belgiyalik forvard Romelu Lukaku "CHelsi"da 9-raqamda to'p suradi. Buni hujumchi chorshanba kuni o'tkazilgan matbuot anjumanida tasdiqladi.
"Ha, 9-raqamda to'p suraman. Bu raqamga ega bo'lganimdan xursandman", dedi Lukaku jurnalistlarga.
"Men shug'ullanyapman. Mavsum oldidan to'liq mashg'ulot o'tkazdim. Hozir klubdagi sheriklarim bilan jamoaviy aloqalarni yaxshilashga harakat qilyapman. Agar murabbiy meni maydonga tshirmoqchi bo'lsa, "Arsenal"ga qarshi o'ynashga tayyorman", — dedi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, "Arsenal" va "CHelsi" o'rtasidagi London derbisi 22 avgust, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar