Luka Modrich bir oyga safdan chiqdi
17 noy 2014 11:45
Yangiliklar


Luka Modrich bir oyga safdan chiqdi
Real va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich Evro-2016 saralashi doirasidagi Italiyaga qarshi o'yinda (1:1) jarohat olgandi.
Inside Spanish Football nashrining xabariga ko'ra, 29 yoshli futbolchi bir oyga safdan chiqdi. U Ispaniya chempionati doirasidagi Eybar, Malaga, Selta va Almeriyaga qarshi o'yinlarni, shuningdek ECHL so'nggi ikki turidagi Bazel va Ludogorec bilan uchrashuvlarni o'tkazib yuboradi.
Modrichning 16 dekabr kuni Marokashda start oladigan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishi ham so'roq ostida.
Modrichning 16 dekabr kuni Marokashda start oladigan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishi ham so'roq ostida.

Fikrlar