Luka Modrich: "Ayaks" deyarli hech narsa yo'qotmadi, "Real"ni yosh jamoaga qarshi xavfli o'yin kutib turibdi"
04 mar 2019 22:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/480915_original.jpg)
![](/upload/storage/480915_220.jpg)
Luka Modrich: "Ayaks" deyarli hech narsa yo'qotmadi, "Real"ni yosh jamoaga qarshi xavfli o'yin kutib turibdi"
"Real" etakchisi, so'nggi "Oltin to'p" sohibi Luka Modrich ECHL nimchorak final "Ayaks" bilan bo'ladigan javob uchrashuvidan oldingi fikrlari bilan tanishing.
Birinchi o'yinda madridliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
"Ayaks" butunlay boshqa jamoaga aylanadi deb o'ylamayman. Ularning bir nechta o'yinlarini ko'rib chiqdim. Uyda va mehmonda bir xil o'ynaydigan klub. Ushbu uslubni bizning maydonda ham qo'llashiga ishonchim komil. Menimcha, "Ayaks" deyarli hech narsa yo'qotmadi. Bizni yosh jamoaga qarshi havfli o'yin kutib turibdi. Og'ir 90 daqiqa bo'ladi. Sabrli bo'lish kerak. Alohida futbolchini ajratib ko'rsatishni xohlamayman. Ularning har bir poziciyasidagi istalgan futbolchidan syurpriz kutish mumkin" – deya Modrichning so'zlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti.
"Real" – "Ayaks" uchrashuvi 6 mart kuni Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar